Nominal va real valyuta kursi
Erkin konvertirlanadigan valuta
Download 194 Kb.
|
fMAKROIQTISODIY MUVOZANATNING REAL VALYUTA KURSI DINIMIKASIGA TA’SIRI3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konvertirlanmaydigan valuta
- Zahiralardan foydalanish
Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo`yicha har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol qilib AQSh, Yevropa hamjamiyatiga a‘zo mamlakatlar, Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valuta – bu, faqat ba‘zi xorijiy valutalarga almashtiriladigan va xalqaro to`lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valutadir. Konvertirlanmaydigan valuta – bu, faqatgina ichki to`lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valutaga ayirboshlanmaydigan milliy valutadir. Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to`lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valutalarni konvertirlash ko`pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida valuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya‘ni milliy valutamiz so`mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta‘minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy e‘tibor inflatsion jarayonlarni jilovlashga, milliy valuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo`llab-quvvatlashga qaratilyapti.. Eksportni rag`batlantirish maqsadida so`mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko`rilyapti. 1.2. Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullariBozordagi talab va taklif ta‘siri natijasida vaqti-vaqti bilan valuta kurslari o`zgarib turadi. Davlat valuta kurslarini barqororlashtirish uchun valuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud: 1.Zahiralardan foydalanish. Valuta kursini mustahkamlashning ko`proq qo`llaniladigan usuli - rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish hisoblanadi. O`z-o`zidan aniqki, valuta zahiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar valutalarining zahirasidir (Masalan, AQSh dollari, YEVRO va h.k.). Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling