Nomuayyan muddatga ishga qabul qilish toʻgʻrisida F. I. Sh
Download 0.89 Mb.
|
25- DMTT buyruqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyruq bilan tanishdim _____________
- F.I.Sh
- Tashkilot rahbari _____________
7. Vaqtincha vazifa yuklash. Vaqtincha vazifa yuklash toʻgʻrisida 1. F.I.Sh _______ (lavozimi) mehnatga layoqatsizlik taʼtilida boʻlganligi munosabati bilan uning vazifasini vaqtincha bajarish 20__-yil __-______dan F.I.Sh ______ (lavozimi)ga yuklatilsin hamda lavozim maoshining (tarif stavkasining) 50% miqdorida qo‘shimcha haq to‘lansin. 2. Buyruqning bir nusxasi Buxgalteriya boʻlimiga berilsin. 3. Bosh hisobchi F.I.Sh ga tegishli toʻlovlarni amalga oshirsin. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116, 259-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori, F.I.Sh ning bildirgisi.
8. Lavozimdan chetlashtirish. Lavozimdan chetlashtirish to‘g‘risida 1. F.I.Sh –__________(lavozimi) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 255-258-moddalariga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha __________________ sudining ajrimiga muvofiq unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 20__-yil __-______dan o‘z lavozimidan chetlatilsin. 2. Xodimning lavozimidan chetlashtirilishi munosabati bilan, birlashma direktori o‘rinbosari vazifasi 20__-yil __-______dan vaqtincha F.I.Sh zimmasiga uning oylik ish haqiga 20 foiz qo‘shimcha ish haqi belgilangan holda yuklatilsin. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151, 152, 153-moddalari, __________ prokuraturasining 20__-yildagi __-son xati, Jinoyat ishlari bo‘yicha ______________sudining 20__-yil __-______dagi “Lavozimdan chetlashtirish to‘g‘risida”gi ajrimi.
9. Ishdan chetlashtirish. Ishdan chetlashtirish to‘g‘risida 1. F.I.Sh korxona ishchisi alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan ishga mast holatida kelganligi aniqlanganligi sababli yoki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi oldini olish maqsadidagi emlashdan o‘tishni rad etganligi sababli 20__-yil __-______ kuni ishga qo‘yilmasin va ishdan chetlashtirilsin. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling