Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Download 128 Kb.
|
2672 13.05.2015
4-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Uskunalarga qo‘yiladigan talablar 213. Tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 214. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuro‘tkazgichlar va armatura QMQ 3.05.05-98 “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvuro‘tkazgichlar”, shuningdek mazkur Qoidalar, GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi, shuningdek xizmat ko‘rsatishda, ta’mirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi lozim. 215. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali va tikanli bo‘lmasligi lozim. 216. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 217. Asbob-uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez echiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 218. Asbob-uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak. 219. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qat’i nazar, yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar bilan yopilgan bo‘lishi kerak. 220. To‘siqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali bo‘lishi zarur. 221. Mashina, apparatlar, quvuro‘tkazgichlarning barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolatsiya qilinishi lozim. 222. Portlashdan xavfli binolar (qopsiz un saqlash sig‘imlari) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishiga qarshi quyidagi choralar bilan ta’minlanishi lozim: o‘rnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam bo‘lmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo bo‘ladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi kerak; tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan bo‘lishi yoki moyli muhitda turishi, lyuklardagi boltlar, ko‘chiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qo‘l jihozlari va asboblar bronza, jez va zarba paytida uchqun paydo bo‘lishiga yo‘l bermaydigan boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak. 223. Avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga o‘z-o‘zicha almashuvga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 224. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini ta’minlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega bo‘lishi kerak. 225. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot bo‘ling, avtomatik yoqiladi!” plakatlari osilgan bo‘lishi lozim. To‘la avtomatlashgan korxonada bunday plakatlar talab qilinmaydi. 226. Tashkilotda namunaviy yo‘riqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilishi lozim, ular ishlovchilarga imzo chektirib tarqatilishi hamda ish joylarida osib qo‘yilishi lozim.
Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling