Non va non mahsulotlarini fizik kimyoviy hususiyatlari


Unning gaz hosil qilish qobiliyati


Download 19.41 Kb.
bet3/7
Sana02.06.2024
Hajmi19.41 Kb.
#1833823
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Non va non mahsulotlari va fizik kimyoviy hususiyatlari

Unning gaz hosil qilish qobiliyati deganda, ma’lum miqdordagi un, suv va achitqidan tayyorlangan xamirning bijg‘ishi davomidagi ma’lum bir vaqt ichida ajralib chiqqan karbonat angidrid gazi (uglerod ikki oksidi) miqdori tushuniladi. Unning gaz hosil qilish qobiliyati shundagi qandlar miqdori va qand hosil qilish qobiliyati bilan bog‘liq. Unning xususiy qandlari. Donning markaziy qismidagi (endosperma) qand miqdori, murtagi, qobig‘i, endospermaga yopishib turuvchi aleyron qatlamidagiga ko‘ra nisbatan kamdir. Shuning uchun unning chiqishi qanchalik yuqori bo‘lsa, don qobiqlarining miqdori, shundan kelib chiqib qand miqdori ham ko‘p bo‘ladi. Bug‘doy unida achitqilar tomonidan bijg‘itiladigan qandlarning umumiy miqdori, don tarkibi va un chiqishidan kelib chiqib, unning quruq moddalariga nisbatan 0,7-1,8 % atrofida bo‘ladi. Don va undagi qand miqdori, xususan maltoza miqdori, donning unib chiqishi natijasida ortib ketishi mumkin.

Non mahsulotlari ishlab chiqarishda un asosiy xom ashyo hisoblanadi. Novvoylik korxonalariga un alohida partiyalarda (turkumlarda) olib kelinadi. Partiya - bu bir vaqtda tayyorlangan va bir hujjat va sifat guvohnomasi bilan keltirilgan bir turdagi va navdagi un miqdoridir. Tegirmonning laboratoriyasida rasmiylashtirilgan sifat guvohnomasida (sertifikatida) unning turiva navi, rangi, ta’mi, hidi, kuldorligi, kleykovinasining miqdori va sifati, metall aralashmalarining miqdori, namligi va boshqalar ko‘rsatiladi. Un partiyasining sifat guvohnomasi korxonaning laboratoriyasiga topshiriladi va bu yerda unning ayrim sifat ko‘rsatkichlari nazorat uchun tekshiriladi. Sifat guvohnomasidagi ko’rsatkichlar bilan korxona laboratoriyasining tekshirish natijalari orasidagi farq katta bo’lgan taqdirda, bu farqning yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida unni yetkazuvchi tashkilotdan vakil chaqiriladi. Korxonalarning ko’pchiligida hozir un qopsiz usulda avtotsisternalarda keltiriladi va unni qopsiz saqlash omborlarining bunkerlariga (siloslariga ) joylanadi . Unni qopsiz saqlash yo’lga qo’yilmagan korxonalarda, un gazlamadan tikilgan toza quruq qoplarda tashiladi va saqlanadi.


Un qopsiz usulda ochiq yoki yopiq turdagi omborxonalarda saqlanadi. Yopiqturdagi omborxonalar alohida binolarda yoki korxonaning ishlab chiqarish binosining ichida joylashgan bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda un bunkerlari (siloslari) bevosita korxona maydonida joylashgan ochiq turdagi omborxonalarda saqlash usuli keng tarqalgan (rasm). Bunday omborxona odatdagi qurilish binosiga ega emas. Un siloslari havo yog’inlaridan yuqorisidan bostirma, yonlaridan yengil qal qonlar bilan himoyalangan . Ochiq turdagi omborxonalarni qurish ancha arzonga tushadi.
Qopsiz usulda saqlash uchun un omborxonalarga ikki sisternali K -1040-2E un tashuvchi avtomashinalarda olib kelinadi. Sisternalarning umumiy sig’imi 14,5 m 3 ni, unning massasi esa 8 tonnani tashkil qiladi.
Sisternalardan un avtomatik ravishda bo’shatiladi. Buning uchun sisternaning pastki qismida joylashgan quvurchaga kompressordan 150 kPa bosimga ega siqilgan havo beriladi. Quvurlar orqali un-havo aralashmasi kerakli bunkerga yuboriladi. Har bir unning navi uchun alohida (iloji bo’lganda ikkita) bunker o ’rnatiladi.

Download 19.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling