Non va non mahsulotlarini fizik kimyoviy hususiyatlari
Download 19.41 Kb.
|
Non va non mahsulotlari va fizik kimyoviy hususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari.
Unni qopsiz usulda ochiq turdagi omborxonada saqlash sxemasi 1-ishlab chiqarish silosi; 2-havo filtri; 3-un o'tkazgich kaliti; 4-oraliq sig'im ; 5-D M -100-2 avtomatik tarozi; 6-elaklovchi mashina; 7-matoli filtr ; 8-jo'mrak: 9-rotorli ta'minlagich; 10-bunker; 11-jo‘m rak; 12-oltiyo'lli kalit; 13-bunkerlarni aeratsiyalash quvuri; 14-kompressor; 15-unni qoplarda qabul qilish moslamasi; 16-shnek; 17-havo purkagich; 18-jo‘mrakUn omborlarining holatiga quyidagi sanitarik talablar qo'yiladi. Omborxonalar binosi quruq va shamollatiladigan, havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmasligi kerak. Yopiq omborxonalarda qish vaqtida havoning harorati 10°C dan past bo'lmasligi, devorlar va pollar silliq bo'lishi lozim . Unning omborxona zararkunandalari bilan zararlanishi va kemiruvchilar paydo bo'lishini oldini ohsh kerak. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari. Unning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga namligi, kuldorligi, nordonligi, un zarrachalarining mayda yirikligi, kleykovinaning miqdori va sifat ko‘rsatkichlari, ombor zararkunandalari bilan shikastlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlari kiradi. Nonning namligi 15 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Namlikni 1300 C haroratda 40 daqiqa davomida quritishdan oldingi un massasi bilan quritgandan keyingi massasi orasidagi farqqa qarab aniqlanadi. Qo‘lda siqilganda quruq un sochilib turadi, namligi baland un esa yumaloqlanib qoladi. Namlik nafaqat unni saqlashda muhim rol o‘ynaydi, balki u undan non yopilganda nonning chiqishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Un namligining 1 %ga oshishi, non chiqish ko‘rsatkichini taxminan 1,5 %ga kamaytiradi. Kul miqdori unning nav ko‘rsatkichi hisoblanadi. Unda kul miqdori qancha kam bo‘lsa, navi shuncha yuqori hisoblanadi va aksincha. Mineral elmentlar asosan donning po‘stlog‘i va murtagida bo‘ladi, shu sababli don bu qismlardan qanchalik tozalangan bo‘lsa, unning kuldorligi shuncha kam bo‘ladi. Non yopishga mo‘ljallangan bug‘doy unining kuldorligi quyidagicha qilib belgilangan(%lardan ko‘p bo‘lmasligi kerak): krupchatka-0,60; oliy nav-0,55; 1-chi nav-0,75; 2-chi nav- 1,25; jaydari un-1,90.Download 19.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling