Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

Ishning borishi: Vodorod peroksidning parchalanishi odatdagi temperaturada sekin 
boradi, agar katalizator qo’shilsa, uning parchalanishi tezlashadi. Probirka hajmining 1/3 
qismigacha vodorod peroksid eritmasidan quying. Unga bir chimdim (pichoq uchida) marganets 
(IV) – oksid soling va probirkaga chug’lanib turgan cho’pni tushiring (cho’p suyuqlikka 
tegmasin). Kuzatilgan hodisaning sababinin tushuntirib bering va shu asosida reaksiya 
tenglamasini,xulosani yozing. 
NAZORAT SAVOLLARI VA MASALALAR. 
1. Kimyoviy reaktsiya tezligi va unga ta‘sir etadigan faktorlar nima? 
2. Reaktsiya tezligining temperaturaga bog’liqligi qanday bo’ladi? 
3. Ingibator va promotorlar nima? 
4.Vodorod va kisloroddin suv hosil bo’lish reaktsiyasining tezligi tenglamasini tuzing 
hamda vodorod kontsentratsiyasi uch marta oshirilganda reaktsiya tezligi qanday o’zagarishini 
ko’rsating. 
5.Temperatura koeffitsientini 2 ga teng bo’lganda, temperaturani 40
0
С dan 70
0
С ga 
ko’targanda reaktsiya tezligi necha marta ortadi? 


44 
11-LABORATORIYA ISHI 
Kimyoviy muvozanat. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining, 
temperaturaning kimyoviy muvozanatga ta’siri. 
Ishdan 
maqsad: 
Kimyoviy 
muvozanatga 
turli 
xil 
omillarning 
ta’sirini
o’rganish:harorat,konsentratsiya va boshqalar. 
Kerakli reaktiv va asboblar: Temir (III) – xloridning suyultirilgan va konsentrlangan eritmasi
suyultirilgan va konsentrlangan ammoniy rodanid,ammoniy xlorid; 4ta probirka va probirka 
shtativi,o’lchov silindri,aralashtirgich tayoqchasi va sekundomer. 
Ishning mazmuni:Kimyoviy muvozanatning hosil bo’lishiga sabab, reaktsiya boshlanishi 
vaqtida reaktsiya uchun olingan moddalarning kontsentratsiyalari asta – sekin kamayib boradi. 
Reaktsiyadan hosil bo’lgan moddalarning kontsentratsiyalari esa asta – sekin ortib boradi. 
Muvozanat sodir bo’lganda esa, ularnnig qiymati ma‘lum vaqt orasida o’zaro tenglashib qoladi.
K – kimyoviy reaktsiyaning muvozanat konstanti. U har bir reaktsiya uchun o’zgarmas 
kattalik bo’lib, moddalarning kontsentratsiyalariga bog’liq bo’lmasdan temperaturaga bog’liqdir. 
Muvozanatda turgan sistemaga tashqaridan biror ta‘sir ko’rsatilsa, unda o’zgarish sodir 
bo’ladi. muvozanatdagi sistemalar muvozanatiga reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning 
kontsentratsiyalari, temperatura va bosimning ta‘sirini har tomonlama o’rganish natijasida Le – 
Shetele qoidasi yaratildi. Le – Shetele printsipi bo’yicha, muvozanatda turgan sistemaning 
muvozanati tashqaridan qandaydir ta‘sir ko’rsatilib o’zgartirilsa, unda muvozanatning siljishi 
sodir bo’ladi. uning yo’nalishi esa ko’rsatilayotgan ta‘sirga teskari yo’nalishda bo’ladi, ya‘ni 
bosim ortishi bilan reaktsiya hajm kamayish tomoniga, temperatura ortishi bilan esa reaktsiya 
issiqlik yutilishi tomoniga, kontsentratsiya ortishi bilan esa, modda hosil bo’lishini ta‘min qilish 
tomoniga yo’naladi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling