Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
13-LABORATORIYA ISHI
Eritmalarning elektrokimyoviy xossalari. Metallarning aktivligini tekshirish. Galvanik element tayyorlash. Suvdagi eritmalarni elektroliz qilish. Nazariy qism: Moddalarning tashqi elektr tok maydoni ta’sirida o‘zidan elektr toki o‘tkazish xususiyati - elektr o‘tkazuvchanlikdir. Barcha moddalar elektr o‘tkazish qobiliyatiga qarab: -o‘tkazgichlar -yarim o‘tkazgichlar -izolyatorlarga (dielektrik o‘tkazgichlarga) bo‘linadi. Elektr o‘tkazgichlar ikki turga bo‘linadi: 1-tur o‘tkazgichlarga metallar va ularning qotishmalari, grafit, ba’zi qiyin eriydigan oksidlar va boshqalar kiradi. Ular elektr tokini elektronlarning tartibli harakati tufayli 46 o‘tkazadilar ( bu elektronlar ularning kristall panjarasida kuchsiz bog‘langan va erkin holatda bo‘ladi). Bunday o‘tkazgichlarda modda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chmaydi, o‘tkazgichlarda xech qanday kimyoviy o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Bu turdagi o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi harorat ortishi bilan kamayadi. 2-tur o‘tkazgichlarga kislota, ishqor, tuzlarning eritmalari, suyuqlanmalari va kristallari misol bo‘ladi. Ularda elektr tokini ionlar tashiydi. Ionlarning harakatchanligi qancha katta bo‘lsa, elektr o‘tkazuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi. Elektrolit eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi eritmada mavjud bo‘lgan ionlar(kation va anionlar) harakatlanish tezligiga bog‘liqdir. Elektr o‘tkazuvchanlik suvsiz eritmalarda ham kuzatiladi. Ulardagi o‘tkazuvchanlik ham ionlar harakatchanligi va konsentratsiyaga bog‘liq. Biroq suvsiz eritmalarda elektr o‘tkazuvchanlik patsroq bo‘ladi (ammiak eritmalari bundan mustasno). Suvsiz eritmalarda moddalarning dissotsiatsiyalanish darajasi kichik. Shu tufayli elektr o‘tkazuvchanlik past. Kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga aylanish hodisasi – galvanik elementlarda yuz beradi. (Aksincha, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanish hodisasi elektroliz vaqtida yuz beradi). Galvanik elementlar 2 ta elektroddan tashkil topgan zanjirdan iboratdir. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling