Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – tajriba. Galvanik juftlar hosil bo‘lishini kimyoviy reaksiyalarga ta‘siri.
GALVANIK ELEMENTLAR
Ishning bajarilishi 1 – tajiba. Galvanik elementni tuzish. Mis – rux galvanik elementni yasash uchun rux plastinkasini ZnSO4 ning 1n eritmasiga, mis plastinkasini esa CuSO 4 eritmasiga tushiring. Eritmalarni elektrolit ko‘prikchasi (sifon) bilan tutashtiring. Metall plastinkalarni o‘tkazgich yordamida gal‘vonometrga ulang va tok hosil bo‘lishi bilan gal‘vonometr strelkasining og‘ishini kuzating. Elektr toki hosil bo‘lish sababini tushuntiring. Elektron va ionlarning yo‘nalishini ko‘rsating. 2 – tajriba. Galvanik juftlar hosil bo‘lishini kimyoviy reaksiyalarga ta‘siri. a) Probirkaga 0,1 n sulfat kislota eritmasidan 2 – 3 ml quying va unga toza rux bo‘lakchasini tashlang. Bunda ajralyotgan vodorodning tezligiga e‘tibor bering. Kislotadagi ruxga mis simini tekkizib, mis – rux galvanik elementini hosil qiling. Bunda vodorodning ajralish tezligida o‘zgarish bo‘ladimi. Vodorod qaysi metall sirtidan ajraladi? Mis – rux galvanik juftida boradigan jarayonlarning reaksiya tenglamasini yozing. b) Stakanga 10 ml 0,2 n sirka kislota eritmasidan quying va unga 2 – 3 tomchi KJ eritmasidan qo‘shing. Aralashmani ikkita probirkaga bo‘ling va biriga ruxlangan qo‘rg‘oshin bo‘lakchasini, ikkinchisiga toza qo‘rg‘oshin bo‘lakchasini soling. Qaysi probirkada PbJ2 ning sariq cho‘kmasi tezroq hosil bo‘ladi? Tajriba natijasini tushuntiring va hosil bo‘lgan galvanik juftning sxemasini tuzing. Nazorat savollari: 1. Quyidagi aralashmalarning suvli eritmalari ko’mir elektrodlar ishtirokida elektrolizlanganda katod va anodlarda birinchi bo’lib qanday mahsulotlar ajralib chiqadi: a) CuSО 4 vа КCl ; б) NiSО 4 vа NаCl; c) SnCl 2 vaКJ ? 2. Mis(II) nitrat va kumush nitratlarning 0,1 molyarli eritmalaridan 400 ml dan aralashtirib, so‘ngra 4 A tok kuchi bilan 1930 sekund davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada qolgan tuzning massasini (g) toping. 3. 800 g 5% li mis(II) sulfat eritmasining massasi 23,6 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang. 1) katodda 16 g mis; 2) katodda 0,4 g vodorod; 3) katodda 6,4 g mis; 4) anodda 4 g kislorod; 5) anodda 3,6 g kislorod; 6) anodda 7,2 g kislorod. А) 1,2,6 В) 1,4 С) 3,6 Д) 1,4,5 4. 5. Kumush nitratning 500 g 6,8% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 22,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so‘ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang. А) 4,7 В) 3,6 С) 2,8 Д) 1,9 5. Mis(II) sulfatning 800 g 10% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 22,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so‘ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling