Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Xlorning olinishi. Metallarning xlorda yonishi
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi
Xlorning olinishi. Metallarning xlorda yonishi. Ishning maqsadi: xlor elementining laboratoriya sharoitida olinishi va metallarga ta’sirini o’rganish Kerakli asbob va reaktivlar:KMnO 4 , MnO 2 , K 2 Cr 2 O 7 ,kons.HCl, mis qirindisi, natriy metali, xlor gazi, temir bo’lagi, filtr qog’ozi, gaz gorelkasi,3ta probirka. Turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta’sir ettirib xlor olish. 51 Ishning borishi: Uchta probirka olib, ularga quyidagi oksidlovchilarning 2-3 ta kristallaridan soling: birinchisiga kaliy permargarat, ikkinchisiga MnO 2 , uchinchisiga K 2 Cr 2 O 7 va ularning har biriga 1 ml dan konsentrlangan (ῤ= 1,19 g/gm 3 ) xlorid kislota quying. Probirkalardan xlor ajralib chiqishini uning hididan va rangidan bilib oling. Agar reaksiya yetarlicha tez bormasa, probirkalarni ozgina qizdiring. Eslatma: Har bir tajribadan so‘ng xlor ajralib chiqayotgan probirkaga bir necha tomchi natriy tiosulfat eritmasidan tomizing va dar hol probirkani yuvib tozalang. Reaksiya tenglamalarini yozing. 1) Marganets va qo‘rg‘oshinning (II) valentli holatga, xromning (III) valentlikka o‘tishini hisobga olib, xlor olish reaksiyalarini: 2) Suvni hisobga olib va reaksiya mahsulotlari sifatida oltingugurt, xlorid kislota, natriy sulfat hosil bo‘lishini nazarda tutib, xlorning tiosulfat bilan o‘zaro ta’sirini va bu reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko‘rsating: Elektronlarning o‘tish sxemasini tuzing. b) Xlor olish asbobini yig‘ing. Vyurs kolbasiga marganets (IV) oksididan 5g solib, uning ustiga tomizgich voronkadan konsertilangan xlorid kislotadan ( ρ=1,19 g/gm3) tomizing. Ajralib chiqayotgan xlorning hajmi 50-100 ml li silndrga (bankachalardan ham foydalanish mumkin) yig‘ing va ular gazga tulgandan keyin shisha plastrnka bilan berkitib, keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying. Hamma idishlar xlor bilan to‘ldirilgandan keyin asbobri mo‘rili shkafda qismlarga ajrating va yuvib qo‘ying Temir sim olib, uchini bukib ilmak yasang va unga ingichka mis tolalarini yoki mis qirindisini o‘rnating. Misni gaz alangasida qizdirib, uchi tezlik bilan xlor to‘ldirilgan bankalardan biriga tushiring. Misning xlor bilan o‘zaro ta’sirini kuzating. Reaksiya tugagach idish og‘zini berkitib, sovutish uchun olib qo‘ying. Reaksiya tenglamasiri yozing. Idish sovigandan keyin unga- ozroq suv quyib chayqating. Eritmaning rangi qanday bo‘lishini belgilab oling va uning sababini tushintiring: Metallik surma kukunidan qog‘oz varag‘ida ozgina solib, uni xlor yig‘ilgan bankalarda ikkinchisiga sekin asta seping (reaksiya qorong‘ilikda olib borilsa yana ham yaxshi). Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd qiling. Surmaning oksidlanish darajasi uch va beshga teng ekanligini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing; 52 Natriy metalidan no‘xatday bo‘lagini qirqib olib, uni filtr qog‘ozi bilan artib quriting va asbest qoplangan temir qoshiqchaga solib alangaga tuting. Natriy suyuqlanishi bilan qoshiqchani xloi to‘ldirilgan bankaga tushiring. Natriyning xlorda yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling