Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Тajriba № 5. Mis sulqfat tuzining eritmasini grafit va mis elektrodi bilan elektrolizi
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
Тajriba № 5. Mis sulqfat tuzining eritmasini grafit va mis elektrodi bilan elektrolizi.
Elektrolizyorga mis sulqfat tuzining eritmasidan soling. Eritmaga grafit elektrodlarini tushurib, o‘zgarmas tok manbaiga ulang. Bir necha minutdan so‘ng katodda yupqa mis qavati hosil bo‘lishini kuzating. Elektrodlarni o‘rnini almashtirib, yana eritmaga tushuring va yana eritmadan tok o‘tkazing. Mis bilan qoplangan anodda qanday jarayon boradi? Katodda qanday modda ajraladi? Elektrodlarda boradigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining reaksiya tenglamasini yozing. Mustahkamlash uchun mashqlar bajarish. 1-misol. Nikel nitrat eritmasiga tushirilgan nikel elektrod va mis (II)-nitrat eritmasiga tushirilgan mis elektroddan tashkil topgan galvanik elementning elektrodlarida boradigan jarayonlarning tenglamalarini yozing. Yechish: Nikel metallarning kuchlanish qatorida misdan oldin turgani uchun qaytaruvchi, mis ioni esa oksidlovchi bo‘ladi. Shunga ko‘ra nikel manfiy elektrod - anod, mis musbat elektrod - katod bo‘ladi. Anodda nikel oksidlanadi: Ni - 2e = Ni 2+ (oksidlanish) katodda: Cu 2+ +2e = Cu0 (qaytarilish) jarayonlari boradi. Ikkala jarayon umumiy ko‘rinishda quyidagicha yoziladi: Ni 0 + Cu 2+ = Ni 2+ + Cu 0 yoki: Ni + Cu(NO 3 ) 2 = Ni(NO 3 ) 2 + Cu 2-misol. ZnSO 4 ning 0,001 molyal eritmasiga botirilgan rux elektrodning potensialini aniqlang. Nernst formulasiga binoan: EZn/Zn 2+ = –0,76 + lg0,001 = –0,847 v. 2 058 ,0 Demak, eritmadagi metall ionlarining konsentratsiyasi kamaytirilsa, ushbu metall elektrod potensialining algebraik qiymati kamayadi.Ravshanki, eritmadagi metall ionlarining konsentratsiyasi oshirilsa elektrod potensialining algebraik qiymati ortadi. Nernst formulasidan foydalanib metall ionlarining konsentratsiyasi 1000g suvda 1g-iondan katta yoki kichik bo‘lgan tuzlari eritmalariga botirilgan metallardan iborat galvanik elementning EYukni hisoblab topish mumkin. 1-misol. 10 g misdan yasalgan plastinka kumush nitrat eritmasiga tushirildi. Reaksiyadan so‘ng metall plastinkani distillangan suv bilan yuvib, quritilganda 11 g bo‘lib qoldi. Metall plastinkaning og‘irligi o‘zgarishiga izoh bering, eritmada qanday moddadan va qancha miqdorda hosil bo‘lishini hisoblang. 1) Cu + 2AgNO 3 =Cu(NO 3 ) 2 + 2Ag 64g 188g --- 216g Mis plastinkaning massasi mCu = 216 – 64 = 152 grammga ortadi. 2) 152 grammga ortganda 216g (Ag) (11 – 10) = 1 grammga ortganda x g x = 1,42 g (Ag) 3) Reaksiyaga kirishmagan Cu massasi 11 – 1,42 = 9,58 g mCu = 10 – 9,58 = 0,42 g erigan 4) Eritmadagi Cu(NO 3 ) 2 ning massasi 64g (Cu) 188g (Cu(NO 3 ) 2 ) 48 0,42g (Cu) x = 1,23g Javob: 1,23g Cu(NO 3 ) 2 eritmaga o‟tgan. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling