"Noosfera: geosiyosat va mafkura" tahsili "Milliy oyaning falsafiy masalalari"


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/71
Sana26.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1296532
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
Karimov I. Noosfera. Geosiyosat va mafkura. o\'quv qo\'llanma. T. 2008.pdf

Odam tabiatidagi z ravonlikning tarixiy ildiztaru arb* 
mamlakatlarida urushlar, janjallar, mojarolar chiqishi odamzotning 
* " arb" tushunchasiga Ovr po mamlakatlaridan tashqari AQSh va Kanada ham kiradi. 
96 


biosotsiologik va psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqadi, 
binobarin, odam z biosotsial mohiyatini zgartirishi uchun qanchalik 
urunmasin, baribir, u insonga aylanib qolmaydi, chunki unday holatda 
zi odamlik xususiyatini y qotadi, degan fikrlar keng tarqalgan. 
Chunki, ularning fikricha, antropogenez (odamning biologik jihatdan 
takomillashuvi) hali davom etmoqda. 
Odamning kelib chiqishi va tarixiy takomili t risida jiddiy 
tadqiqotlar olib borgan olimlarning ta'kidlashlaricha, kromonon tipidagi 
hozirgi odamlar tana tuzilishi va ruhiy olamini belgilaydigan fiziologik 
omillarda loaqal yana 25000 yil jiddiy zgarishlar sodir boimaydi. Ya'ni, 
odamzot z hayvonlardek turmush tarzidan allaqachon vidolashgan. 
U holda nega hech bir hayvon, masalan, sher, b ri, burgut va boshqa 
vahshiy hayvonlar z turini yemaydi, uni yalpi qirib tashlashdan zini 
tiyadi, ammo odamzot ming-minglab yillar davomida z turiga qarshi 
urush eion qilib, faqat bizga maium b lgan tarixning keyingi 4 ming 
yili ichida b lib tgan urushlarda 6 milliarddan ortiq odamni, asosan 
yosh, navqiron yigitlarni qirib tashladi? Hatto sovuq urush yillarida (1946-
1991-y.) ham 25-30 million odam urushlarda halok b ldi. Darhaqiqat, 
urush xuddi yin, ashula va salbiy his-tuy u (stress)larni tushirishga 
b lgan ishtiyoq kabi odamzot uchun tabiiymi? Urushlarsiz, mojorolarsiz 
odamzot yashay oladimi yoki urush muqarrarmi? Bu savollarga javob 
berish yoki javob topish juda mushkul. Ammo odam bundan buyon 
Yer deb atalgan tabiatda bir tur sifatida yashab qolishni istasa va tirik 
tabiatning zini ham butunlay y q qilib yuborish mayllari y lini 
t sishga ahd qilsa, bundan buyon yuqoridagi savollarga javob qidirib 
topishadi. Albatta, yopirilib kelayotgan halokatning oldini olib qolish 
uchun birgalashib kurashishi, butun moddiy va ma'naviy resurslarni ishga 
solib, z tabiatidagi qusurlardan xoli boiishi, yashash uchun kurashda 
loaqal hayvonlardan ibrat olishi lozim. 
Gap shundaki, antropogenez juda tahlikali muhitda sodir b ldi. 
Odamning dastlabki tiplari fiziologik jihatdan juda ojiz edi. Ular yashash 
uchun kurashda z ixtiyorlarida b lgan barcha vositalardan, jumladan, 
och qolganda z turi - odamni yeyishga ham majbur boigan. Bu tarixda 
kannibalizm deb ataladi.* Ajdodlarimiz orlar, daryo sphillarida oila-
* Odam g shtini yeyuvchi qabilalar Indoneziya orollarida hamda ayrim joylardayashaydigan 
z insoniy qiyofasini y qotgan kishilar hamon uchraydi. 
97 


oila, gala-gala b lib yashagan kezlarda boshqa galalarga hujum qilib, 
ularning ovchilik maskanlarini egallab, zlarini ldirishgan yoki qul 
sifatida ishlatishgan. Million yillarni z ichiga oladigan bunday sharoitda 
odamzotning tafakkur tarzi shunday shakllanib qoldiki, hatto ular 
jamiyat b lib yashashga tgach ham bir xalq yoki millat yaxshiroq, 
farovonroq yashashi uchun g yoki boshqa mamlakatlarni zabt etish, u 
yerdagi odamlardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish, yer osti va 
yer usti boyliklarini arzon garovga olish va bozorlaridan z tovar 
(mol)larini sotishda foydalanish uchun urushlar, mojarolar, janjallarni 
keltirib chiqarish zarurdek tuyuladi. Yashash tamoyiliga aylanib qolgan 
bunday yondashuvlar odam tabiatida zidan- zi kelib chiqmaydi, balki 
u zining uzoq tarixiga ega b lgan ijtimoiy hodisadir. 
Urushlarni, ayniqsa katta urushlarni tayyorlash va tkazish uchun 
juda ulkan moddiy resurslar hamda intellektual salohiyat kerak b ladi. 
Ammo bularning zi kifoya qilmaydi. Eng muhimi, hujumga mahkum 
etilgan mamlakat aholisi timsolida dahshatli dushman obrazi yaratib, 
armiya va fuqarolarda ma'lum vaqt davomida ularga nisbatan nafrat 
hislarini rivojlantirish uchun mafkura yordamida oyaviy ta'sir k rsatish 
zarur b ladi. 
Ruhshunos va publitsist S.Kin shunday deydi: "Dastavval biz 
dushman obrazini yaratamiz. Obraz qurol-aslahadan xabardor etadi. Biz 
boshqalarni fikran ldiramiz. Shundan keyin jismoniy jihatdan ldirish 
uchun gurzi yoki ballistik raketalar ixtiro qilamiz. Texnologiya oldida 
tashviqot boradi" (Gadjiyev K.S. Vvedeniye v geopolitiku. 394-bet). 
Buning uchun, albatta, oyaviy nuqtai nazar va kuchli, ta'sirli 
mafkuraviy vositalar zarur. oyaviy jihatdan mustahkam b Igan kam 
sonli armiya oyaviy tayyorgarligi yetarli b lmagan k p sonli va yaxshi 
qurollangan armiya ustidan alaba qozonishi mumkinligi tarixdan 
ma'lum. 
Urushlarsiz davrlar kelishi uchun avvalo siyosiy va harbiy arboblar 
hamda mafkurachilarning tafakkur tarzini zgartirish lozim, shundan 
keyin odamzotning tabiati ham asta-sekin zgarib boradi. Biroq buning 
uchun uzoq yillar kerak b ladi. Chunki tafakkur tarzini zgartirishni 
quyidan - moddiy va ma'naviy boyliklar yaratuvchi va xalq ommasi deb 
ataluvchi qatlamdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Odamzot z turi 
(gomeostazisi)ni saqlab qolishi va insonlardek murosa bilan yashashga 
tishi uchun oilada, mehnat jamoalarida oyaviy ta'sir tkazishni 
S8 


boshlash muhimdir. Chunki 7 yoshgacha bola ongiga kirgan va 
mustahkam rin olgan oyani chiqarib yuborish juda qiyin ekanligini 
fan isbotlagan. 
Insoniyat har doim tinchlikda, xotirjamlikda, murosayu madora bilan 
yashashni q msaydi, ammo shaxsiy, guruhiy, sinfiy, milliy manfaatlarni 
t ri anglamaslik, ularni umuminsoniy manfaatlarga b ysundirib 
yashash malakasiga ega emaslik, k pincha zaro janjallar, mojarolar, 
urushlarni vujudga keltiradi. Boshqacha aytganda, odamzot tinchlikni 
har doim ham farovonlik omili, deb hisoblamaydi. Ba'zilar boshqalar 
ustidan hukmronlik qilishni (masalan, sherlar barcha boshqa turdagi 
jonivorlar ustidan hukmronlik qilgani kabi), yana bir guruhlari harbiy 
shon-shuhratni q msab, boshqalari esa tiz ch kib yashagandan k ra 
tik turib lishni afzal bilganliklari uchun urushadilar. Barcha asrlarda 
urushlarni madh etish, odamlarni urushga oyaviy jihatdan tayyorlash, 
uni romantikaga aylantirib qahramonlik, jasoratlilik namunasi etib 
k rsatish rusum b lgan. Chunki hayvonlar z turlarini avaylab-asrash, 
ehtiyot qilish z gomeostazisini saqlab qolishning birincbi va asosiy sharti 
ekanini instinktiv tarzda anglasalar, odamzot z turini emas, balki z 
elati, millati doirasida gomeostazisini saqlab qolishga intiladi. 
Mantiqsizlik shundaki, ilmiy-texnika inqilobi shitob ketayotgan, 
globallashuv jarayoni borayotgan bir davrda ham odamzot z turini 
e'zozlash, odam uchun odam eng oliy qadriyat ekanligini anglab 
yetmayapti. Chunki odamzot jamiyat b lib yashashga tgach, odob-
axloq normalari, qonun-qoidalar asosida fe'1-atvor, xatti-harakat, faoliyat 
k rsatishga tib, hayvoniy instinktlarining k pidan mahrum b lib 
qoldi. Ammo uning jamiyatlashgan odam - inson b lib insonlardek 
yashashga tishi nihoyatda qiyin kechyapti. 
Odamzot, uning mutafakkirlari, siyosatchilari demokratik tartiblarga 
tib yashash, ehtimol, urushlarning oldini olib qolar, degan umidda 
edilar. Biroq sobiq sovet ittifoqi, Yugoslaviya, Afrikadagi hodisalar bir 
tizimdan boshqasiga tish nihoyatda azobli holat ekanini k rsatdi. 
Avtoritar va totalitar tuzumlarni y qotish va demokratik izga tushish 
jamoalar va etnik guruhlar rtasida qonli mojorolarni keltirib cbiqardi. 
Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Polsha va demokratiya tayanchlari 
boigan boshqa mamlakatlarda etnik mojarolar va millatchilik tu ilishi 
milliy davlatlar ham z fuqarolariga tinch yashash, hayotlari va 
mulklarini saqlash uchun ishonchli kafolat b la olmayotganliklarini 
99 


k rsatadi. Hatto aynm davlatlar demokratiyani qaror toptirish shiorlari 
ostida qonli urushlar chiqarmoqdalarki, bu holatdan ham k z yumib 
b lmaydi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling