Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet11/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Leonard
Leonard
5. Aufl. – Wuppertal: Peter Hammer, 2005. – [32] S.
ISBN 978-3-87294-467-3
(1. Aufl. 1991)
Har kuni ertalab Leonard onasi va dadasini baland ovoz bilan uyg’otardi. Itlar haqida hamma narsani biladigan kichkina Leonard vaqti-vaqti bilan Leonarddan Fifiga aylanardi. Ota-onalar bu o‘yinni qo‘llab-quvvatlardilar va hatto yuqori qavatda yashovchi buvisi bolakay uchun vaqti-vaqti bilan irillayotgan it bo‘lishga ham rozi bo‘lardi. Ammo Leonard onasi bilan qayerdadir sayr qilib yurganida, ular hatto eng kichkina va eng odobli itga duch kelishganida, Leonardning barcha ishtiyoqi bir zumda g‘oyib bo‘lar va u qo‘rqib ketardi. Uning qo‘rquvi shunchalik kuchli ediki, u bir kuni kechqurun yotishdan oldin unga tashrif buyuradigan kichkina feyadan uni katta itga aylantirishni so‘raydi. Va uning xohishi amalga oshdi. Ex bechora ota-onalar! Lekin ular bolasini shunchalik yaxshi ko‘radilarki, bog‘da unga maxsus joy tayyorlab, sayrga olib chiqdilar. Shunda katta ola-bula ko‘ppak o‘g‘il bolalardan qo‘rqishini payqadi. Qanday yaxshi, feya yana bitta tilagini bajara olishi mumkin! Bola baxtli ota-onalari oldiga, to‘shakka yo‘l oldi — baxtli yakun.
Bu hikoyadagi eng ajoyib narsa ota-onalar qo‘rquvdan azob chekayotgan bolaga ko‘rsatadigan munosabatlaridir. Wolf Erlbruch qahramonlarni bo‘r bilan rangli qog‘ozda tasvirladi, so‘ng ularni kesib, issiq sariq fonga yopishtirib qo‘ydi. Shunday qilib, bolaning barcha qo‘rquvlariga qaramay, mehribon oila muhiti — kitobdagi asosiy taassurotlarga aylandi.

Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi


Heiteres Familienleben • Quvnoq oila hayoti
Blume, Bruno (Text) Gleich, Jacky (Ill.)
Ein richtig schöner Tag

Eng ajoyib kun


Solothurn: kwasi Verlag, 2016. – 40 S. ISBN 978-3-906183-17-6
(Erstausgabe: Hamburg: Carlsen, 2001
Bu kun juda yaxshi bo‘lishi kerak edi, chunki shahar tashqarisiga sayohat rejalashtirilgan edi. Onam hamma narsani aniq hisob-kitob qilgan: “Sakkizda nonushta. Men to‘qqizda ketaman. So‘ngra o‘ngacha dam olish maskanimizga yetib boraman, sabzavot va mevalarni yig‘ib olishga ulguraman”. Dadam shunday deb qo‘shib qo‘ydi: “O‘n birda Yokob bilan men do‘konga, keyin kutubxonaga boramiz. O‘n ikkida biz dachaga jo‘nab ketamiz va soat birda o‘sha yerda bo‘lamiz. O‘shanda kechki ovqatdan keyin jimgina o‘ynash uchun vaqt bo‘ladi”. Ushbu reja qanchalik ideal tuzilmasin hammomda shod-xurram bo‘lgan oila a’zolarining jadvalga qat'iy rioya qilishi dargumonliga shubha uyg‘otadi. Soat sakkiz o‘rniga hamma o‘nda uyg‘onadi va faqat o‘n birda nonushta qilish uchun o‘tirishadi. Natijada, ona dachaga faqat tushda jo‘nab ketadi.
Oiladagi bir qator nomuvofiqliklar va kutilmagan hodisalar, natijasida esa o‘sha oila a'zolarining shahar tashqarisiga jo‘nab ketishi doimiy ravishda kechiktirilishi kabi notinchlik muhitini mukammal tarzdagi rasmlar aks ettiradi. Oqibatda, ota-bola nihoyat dachaga yetib kelishganda, kechki soat sakkiz bo‘lgan edi, allaqachon qorong‘i tushishiga qaramay, ular vaqtni birga yaxshi o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishadi. O‘n birda ular uyga qaytishadi va charchagan holda uxlab qolishadi. Yokob esa yarim tunda navbatdagi sut idishini so‘rab uyg‘onadi.
Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi
Familienalltag • Oilaning kundalik hayoti


Isol (Text/Ill.)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling