Normal fiziologiya fani buyicha amaliy dars xronologik kartasi


Download 406.04 Kb.
bet7/11
Sana23.11.2023
Hajmi406.04 Kb.
#1796336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 amaliy dars (1)

Harakat potentsiali. Nerv va muskul tolasining bir qismiga etarlicha kuchli ta`sirlovchi vosita (Masalan, elektr toki) bilan ta`sir etilsa, shu qismda qwzg`alish vujudga keladi, uning eng muhim kwrinishlaridan biri-tinchlik potentsiali wzgarib, harakat potentsiali vujudga kelishidir. Harakat potentsialini ikki xil usulda: tolaning tashqi yuzasiga qwyilgan elektrodlar yordamida (hujayra sirtidan) va protoplazma ichiga kiritilgan mikroelektrodlar yordamida (hujayra ichidan) qayd qilish mumkin. Potentsialni hujayra sirtidan yozib olinganida tolaning qwzg`algan qismi yuzasi sekundning mingdan bir necha bwlagicha keladigan juda qisqa vaqt ichida tinch turgan qwshni qismiga nisbatan manfiy elektr zaryadli bwlib qoladi. Hujayra ichidan mikroelektrodlar yordamida potentsiallar farqini yozib olish shuni kwrsatadiki, harakat potentsialining amplitudasi tinchlik potentsialining amplitudasiga nisbatan 30-55 mv ortiq ekan. Bu ortiqlikning sababi shundaki, qwzg`alish paytida tinchlik potentsiali ywqolib ketmaydi, balki teskari belgili potentsiallar farqi vujudga keladi, shuning natijasida membrananing tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli bwlib qoladi.
Yakka stimul ta`sirida membranadagi potentsiallar farqi tez pasayib, nolga tushib qoladi. Shundan keyin potentsiallar farqi yana vujudga keladi, lekin u teskari belgili bwladi. Membrananing ichki tomoni tashqi tomoniga nisbatan musbat zaryadli bwlib qoladi. Potentsialning bunday wzgarishi 30 mv ga etgach, tiklanish jarayoni boshlanadi: natijada membrana potentsiali boshlang`ich miqdoriga qaytadi.
Harakat potentsialining egri chizig`ida (3-rasm) kwtariluvchi va tushuvchi fazalari tafovut qilinadi. Kwtariluvchi fazada qutblanish barham topganligi uchun bu faza «depolyarizatsiya fazasi» deb ataladi. Qwzg`aluvchan hujayralarda reversiya ampliturasi membrana holatini harakaterlaydi, bundan tashqari, u hujayra ichi va sirti muhiti tarkibiga ham bog`liq bwladi. Reversiyaning eng chwqqisida harakat potentsiali muvozanatlashgan natriyli potentsialga yaqinlashadi, shu sababli membrana zaryadining belgisi wzgaradi. Tushuvchi fazada membrananing qutblanishi tinchlik darajasiga qaytadi, shuning uchun bu faza «repolyarizatsiya fazasi» deb ataladi.
Nerv va skelet muskul tolalarida harakat potentsiali 0,3-3 ms davom etadi, ayni vaqtda repolyarizatsiya fazasi depolyarizatsiya fazasiga nisbatan hamisha uzoqroq bwladi. Nerv va muskul tolasi 100 sovutilganda, harakat potentsiali, ayniqsa tushuvchi fazasi taxminan 3 barobar uzoqroq davom etadi.
İz potentsiallari. Harakat-potentsiali iz potentsiallari bilan davom etadi. Ularning birinchi bwlib D.S. Vorontsov qayd qilgan, keyinchalik esa J.Erlanger va G.Gasser, shuningdek boshqalar ham mukammal wrgandilar. İz «potentsiallar» ikki xil kwrinishda namoyon bwladi: manfiy va musbat izli potentsiallar. Ularning amplitudasi bir necha millivoltdan oshmaydi. İz potentsiallari bir necha millisekunddan bir necha wn sekundgacha davom etadi. Ular qwzg`alish tamom bwlgach, nerv va muskul tolalarida sekin davom etuvchi tiklanish jarayonlari bilan bog`liqdir. Harakat potentsiali va manfiy izli potentsiali wrtasidagi wzaro munosabatlarni kwrib chiqaylik. Keltirilgan yozuvdan kwrinadiki, repolyarizatsiya fazasi uzoqligi jixatdan teng bwlmagan ikki qismga ajratiladi. Membrana reapolyarizatsiyasi dastlab tez borib, keyin sekinlashadi va asta twxtaydi. Bu vaqt manfiy izli potentsiali boshlanishiga twg`ri keladi. Membrana qisqa muddat davomida qisman depolyarizatsiyalanib qoladi, taxminan 15 msek davom etadi va shundan swng membrana potentsiali dastlabki miqdor 85 mv gacha twla tiklanadi. Manfiy iz potentsialni kwpincha membrananing iz depolyarizatsiyasi ham deb ataydilar.
Musbat izli potentsial membrananing wta qutblanishida, ya`ni normal qutblanishning kuchayishida - (giperpolyarizatsiyasida) ifodalanadi. Bu potentsial mielensiz nerv tolalarida, ayniqsa, yaqqol namoyon bwladi. Tajriba sharoitida nerv tolasi ichiga tetra etil ammoniy (TEA)–kaliy kanallarini blokatori–yuborilsa, repolyarizatsiya jarayoni pasayadi. Tabiiy sharoitlarda, ushlanib qolgan kaliy oqimi, harakat potentsialining generatsiyasidan swng, hujayra membranasining giperpolyarizatsiyasini ta`minlaydi, ya`ni musbat izli potentsialni yuzaga chiqaradi. Bundan tashqari, musbat izli potentsiali natriy-elektrogen nasos faoliyati natijasida ham vujudga kelishi mumkin.
Mielinli nerv tolalarida iz potentsialining wzgarishlari murakkabroq: manfiy iz potentsiali kwpgina hollarda musbat iz potentsiali bilan almashinadi, ba`zan esa yangidan manfiy zaryadli potentsiallar vujudga keladi, swngra tinchlik potentsiali twliq qayta tiklanadi.

Download 406.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling