Normal fiziologiya fani buyicha amaliy dars xronologik kartasi
Download 406.04 Kb.
|
1 amaliy dars (1)
Qwzg`alishda twqima qwzg`aluvchanligining wzgarishlari.Hujayra membranasida harakat potentsialining yuzaga chiqishi qwzg`aluvchanlik kwp fazali wzgarishlari bilan birga boradi. Bu wzgarishlarni wrganish uchun ikkita qisqa, ammo kuchli elektr stimul beriladi, qwzg`aluvchan twqima hujayra membranasiga bu stimullar ketma-ket uzatiladi va harakat potentsiali qayd qilinadi.
Harakat potentsialining avjiga chiqish davri mutloq refrakter fazaga twg`ri keladi, bu fazada qwzg`aluvchanlik butunlay ywqoladi. Bu fazada ikkinchi ta`sir har qancha kuchli bwlsa ham, yangi harakat potentsialini keltirib chiqara olmaydi. Bu fazaning kelib chiqishiga harakat potentsiali generatsiyasi jarayonida natriy tizimining inaktivatsiyasi va kaliy ionlarining wtkazuvchanligi ortishi sabab bwladi. Mutloq refrakter faza davomiyligi turli qwzg`aluvchan twqimalarda har xil bwladi (nerv tolalarida 0,5 msek, yurak muskullarida 250-300 msek) Hujayra membranasi repolyarizatsiyasi natriy ioni kanallarini reaktivatsiyaga uchratadi, shu bilan birga kaliy ionlarining wtkazuvchanligi pasayadi. Bu nisbiy refrakter fazaga mos keladi. Bu fazada twqima qwzg`aluvchanligi asta sekin ortib boradi. Bu faza nerv tolalarida 5-10 msek davom etadi. Qwzg`aluvchan twqima bu fazada kuchli ta`sirotga javob kaytara oladi, ammo harakat potentsialining amplitudasi keskin kamaygan bwladi. Qwzg`aluvchan twqimalar tadqiqot qilinganda mahalliy javob hamda manfiy izli potentsiali davrida bwsag`a osti stimullarga ham twqimada harakat potentsialini generatsiyasi kuzatiladi. Bu faza supernormal yoki ekzaltatsiya fazasi deb ataladi. Qwzg`aluvchan twqimalardagi iz depolyarizatsiyasini kuchaytiradigan, uzaytiradigan ta`sirlar, masalan, zaharlanish supernormal fazasini kuchaytiradi va uzaytiradi . İz potentsiali ywq nerv tolalarda bu faza ham bwlmaydi. Bu fazaning davomiyligi 30 msek ni tashqil etadi. Qwzg`aluvchan membranani izli gipernolyarizatsiya davrida subnormal faza boshlanadi bu holat qwzg`aluvchanlikning pasayishi bilan namoyon bwladi. Labillik. Qwzg`aluvchanlikni baholashda ta`sirot bwsag`asi foydali vaqt, xronaksiyalardan tashqari labillik tushunchasi ham ishlatiladi. Labillik yoki funtsional chaqqonlik tushunchasini birinchi bwlib fanga N.E. Vvedenskiy kiritgan. Labillik yoki funktsional chaqqonlik deganda N.E.Vvedenskiy «mazkur apperatning fiziologik faoliyatiga hamroh bwladigan elementar reaktsiyalarning ozmi-kwpmi tezligi» ni tushingan. N.E. Vvedenskiy fikriga kwra, tez-tez beriladigan ta`sirotlarga qwzg`aluvchan twqima 1 sekundda qancha kwp harakat potentsiali bilan javob bera olsa, wsha labillik wlchovi hisoblanadi. Qwzg`aluvchan twqimaning labilligi uning mutloq refrakter davri bilan aniqlanadi. Olimlar avvaliga ritmik qatorda impulslar wrtasidagi minimal interval mutloq refrakter davrining uzunligiga aniq mos kelishi kerak, deb hisoblashar edi. Ammo stimullar mutloq refrakter davrga teng interval bilan kelib turganda faqat ikkita impuls hosil bwladi, uchinchi impuls esa twqimaning ta`sirlangan joyida depressiya avj olishi tufayli tushib qoladi. Shu sababli stimullar qatorida ta`sirot ritmini yuzaga chiqarish uchun shu stimullar wrtasidagi interval mutloq refrakter davirdan birmuncha ortishi kerak . Organizmda ixtiyoriy harakatlarni vujudga keltiruvchi nerv tolalaridan wtadigan impulslar soni bir sekundda 50 dan oshmaydi, labilligi eng yuqori eshituv nervining sezuvchi tolalari va tormozlovchi Renshou hujayralarda ular wtkazishi mumkin bwlgan impulslar soni bir sekundda 1000 dan ortiqroqdir. Turli organizimlarda va xatto bir organizmning wzida ham harakatlanuvchi nerv tolalari labillik jihatdan bir-biridan ancha farq kiladi, lekin shunday bwlsa ham, bu labillik hamisha tegishli muskul tolalarining labilligidan ancha yuqori bwladi. Qwzg`alishni nervdan muskulga wtkazadigan sinaps apparatining labilligi yanada kamroq. Nerv yoki muskulning ritmik ta`sirlanish jarayonida ham labillik wzgarishi mumkin, chunki qwzg`alish twlqinlari ritmik qatorda wzaro ta`sir etib turadi. Bu wzaro ta`sir ba`zan labillikning kamayishiga sabab bwlsa, ba`zan, aksincha, labillikni oshirib yuboradi. Labillikning shu tariqa ortishiga yoki A. A. Uxtomskiy ta`biri bilan aytganda, ritmning wzlashtirilishiga, baqaning yakkalangan nerv tolasida G.Meves qilgan tajribani misol qilib keltiraylik. Baqaning yakka nerv tolasi sekundiga 460 chastotali ritmik stimullar bilan ta`sirlanadi. Har bir stimulga javoban, harakat potentsiali vujudga keldi. Swngra stimulyatsiya chastotasi oshirilib, sekundiga 740 ga etkazildi. Dastlab tola faqat har bir ikkinchi stimulga javob qaytardi, ya`ni ta`sirotlar ritmining transformatsiyasi rwy berdi. Lekin shunday ta`sirot bir necha sekund davom ettirilgach, tola wziga berilgan ritmni wzlashtira boshladi va javob berish chastotasi oshib, sekundiga 740 impulsga etdi. Modda almashinuvidagi qaysi jarayonlar qwzg`alishi vaqtida membrana orqali wtgan Na+ ionlarining protoplazmadan tashqi eritmaga faol ravishda chiqarilishini ta`minlasa, ritmning wzlashtirilishi wsha jarayonlarning tezlashuviga bog`liq. Download 406.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling