Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали
Download 365.83 Kb.
|
Очилова Зарина
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integrasiya (aralashuv, ko’shiluv) bosqichi.
3. Reabilitasiya bosiqichi. Bu bosqichda insonlarning nogironligi tufayli bajara olmaydigan faoliyatlarni bajarish qobiliyatlari va ularning imkoniyatlari darajasini kengaytirish haqida fikr yuritiladi. Shu sababli, bu bosqichda nogiron odamlar nafaqat ta’lim tarbiya, balki ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi treninglarni ham olib borishadi. Ular «obyekt» emas, balki «subyekt» vazifasini o’taydilar. Natijada, ularning nima qila olmasligi emas, balki ular nimalar qilishga qodir ekanligi diqqat markazda turadi. Lekin bunday reabilitasiya uyushmalar doirasida va asosan beg’araz yordamlar asosida amalga oshiriladi.
Bu bilan bir vaqtda majburiy ta’limni joriy etish orqali oddiy maktablarda maxsus sinflar ochilmoqda. Bunday fikr ham ma holatlarda ham nogironlarga bo’lgan achinishdan kelib chiqavermaydi. Balki bunday bolalarning sinfda mavjudligi unga asosiy sababdir.22 Bu bosqichda saralash quroli sifatida aqliy testlar juda muhim rol o’ynaydi. Maktablarda esa asosan bolalarning o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun belgilangan qat’iy imtihonlar tizimiga asoslangan holda «qayta tanlanadi». «Bu kabi ajratishlar', tez-tez uchrab turadi va bu ta’lim muassasalarida ta’lim olishni hohlagan bolalarning uchdan bir qismini yoki yarmini ushbu joydan chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Bunday chiqarib tashlashlarga faoliyatning har bir javhasida chidab bo’lmaydi». (UNESCO 1991y). Integrasiya (aralashuv, ko’shiluv) bosqichi. Jamiyat rivojining nogiron odamlarga butunlay moslashayotganligi ushbu yangi paydo bo’lgan bosqichning dalilidir. Nogironlik shaxsni o’rab turgan atrof muhitga bog’liq bo’lmaydi. Buning o’rniga u shaxs va uni o’rab turgan atrof muhit o’rtasidagi aloqaning natijasi sifatida quriladi. 1981 Xalqaro Nogironlar Yilining shiori, «to’liq qatnashish va tenglik»? yangi «Jamiyat barchaga» tushunchasiga asos bo’ladi. Bunda jamiyat o’zining har bir a’zosiga moslashishga harakat qiladi. Bu shuni bildiradiki, biz barcha kuchimizni odamlarni jamiyatga emas, balki jamiyatni odamlarga moslashtirishga sarflashimiz kerak, Nogiron odamlarni reabilitasiya qilish «to’liq qatnashish va tenglik,» maqsadiga erishish uchun yetarli emas, Jamiyatning boshqa a’zolariga mavjud imkoniyatlarni nogironlardan tortib olish ham ularni nogiron qilishdir. «Rivojlanish asosan o’z hayotlarini boshqarishning uddasidan chiqa oladigan odamlar haqidadir. Beg’araz yordam esa boshqalar yordamiga muhtoj bo’lib qolgan odamlar haqida dir.» (Kolerij, 1993). Inklyuziv Ta’limni tan olinishi va Ta’lim Barchaga Xalqaro Deklorasiyani va Maxsus Muhtojlik Ta’limi Tamoyillari, Siyosati va Amaliyoti haqidagi Salamanka bayonotining hayot ga tadbiq etilishi yuqorida tilga olingan bilimlarga qarama-qarshiligidir. Download 365.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling