SO'Z YASOVCHILAR HAQIDA MA’LUMOT (qoidasi yuqorida aytilgan)
1.Ot yasovchilar:
-q. tirnoq, qaviq, sanoq, og'riq
-iq. chiziq, to'siq, sanchiq, chopiq
-uq. yutuq, buyruq
-qi. chopqi, tutatqi, sanchqi
-ķ. tilak, elak, istak
-ik. kechik (daryoning sayoz qismi)
-ki. tepki, turtki
-gi. sevgi, supurgi
-gich. suzgich (baliqning suzgichlari)
-g'ich. o'chirg'ich, chizg'ich
-kich. ko'rsatkich, isitkich
-ma. qazilma, isitma, chizma
- qich. ochqich, tutqich
-oq. quchoq, qo'noq, o'roq, yotoq
-choq. o'yinchoq, ovunchoq
-chak. belanchak, burchak
-chiq. yopinchiq,
-ch. quvonch, ishonch, sevinch, o'kinch
-inch. qo'rqinch
-chi. suvchi, tarbiyachi
-vchi. o'quvchi
-uvchi. uchuvchi
-bon. bog'bon
-paz. oshpaz
-kash. suratkash, aravakash
-dor. Hukmdor, muhrdor
-zor. tikonzor, gulzor
-loq. qumloq, toshloq
-goh. janggoh, saylgoh
-iston. guliston, O'zbekiston
-chilik. dehqonchilik,
-garchilik isrofgarchilik
-lik. yovuzlik, jo'shqinlik.
-gin. tizgin
-g'in. yong'in
-qin. bosqin, toshqin,
-gar. zargar
-m. chidam, to'plam
-im. tizim, kirim-chiqim, bilim
-in. chaqin, tiqin, ekin
-indi. qirindi(qozonning tagida qolgan qoldiq), chiqindi
-ndi. chirindi
-don. qalamdon, kuldon
-kor. paxtakor, g'allakor
-a. qahqaha
-xon. kitobxon, g'azalxon
-ajak. kelajak (ertangi kun ma'nosida)
-shunos. tilshunos, adabiyotshunos
-g`u. tuyg`u
-liq. borliq, bo`shliq
-cha. tushuncha
-g`i . yoqilg’i
-dosh. vatandosh, sinfdosh
-soz. soatsoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |