Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet2/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

4-hukm to'g'ri hukm. jarangli va jarangsiz juftlik hosil qila oladigan undoshlarning baaarchasi shovqinlilar guruhiga kirishi aniq-ku. B - P, V - F, D - T, Z - S, J - CH, J - SH, G - K, G' - X.
Hurmatli abituriyentlar, endi sizlar bilan FONETIKA bo'limini yuqoridagi kabi savollarni bexato yechish darajasida o'rganishni boshlaymiz.
Fonetika tilshunoslikning tovush tizimini o'rganuvchi bo'lim hisoblanadi va bu bo'lim GRAFIKA (harflar tizimi) bilan yondosh hisoblanadi. Sizga ma'lumki, o'zbek tilida harflar miqdori 29 ta, tovushlar miqdori esa 30 ta hisoblanadi. Son jihatidan bunday xilma-xillik ko'rinishi jihatidan bitta harf, biroq talaffuz jihatdan ikkita tovushni ifodalovchi "j" ning hisobiga yuzaga kelgan. "j" harfi (jurnal, jirafa) so'zlari tarkibida SIRG'ALUVCHI "J" tovushini ifodalaydi, (jo'ja, jumhuriyat) kabi so'zlarda esa PORTLOVCHI "J" tovushini ifodalaydi. Shuning hisobiga harflar 29 ta, tovushlar esa 30 tani tashkil etadi.

Tovushlar dastlab ikki yirik guruhga: UNLILAR va UNDOSHLAR kabi ikki turga ajraladi va ularning quyidagicha farqlanishi mavjud:


1) Undoshlar talaffuzida o'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ida to'siqqa uchraydi. Unlilar talaffuzida esa o'pkadan chiqayotgan hovo og'iz bo'shlig'ida to'siqqa uchramaydi. 2) Undoshlar talaffuzida SHOVQIN belgisi mavjud bo'ladi, unlilar talaffuzida SHOVQIN mavjud emas. 3) Undoshlar talaffuzida CHO'ZILISH xususiyati yo'q, unlilar talaffuzida CHO'ZILISH xususiyati mavjud. 4) Undoshlar bo'g'in hosil qila olmaydi, unlilar esa bo'g'in hosil qila oladi. 5) Undoshlar urg'u qabul qilmaydi, unlilar esa urg'u qabul qilish xususiyatiga ega.
UNDOSHLAR TASNIFI
Undosh tovushlar quyidagi uch asosiy yo'nalishda ( ayrim manbalarda besh yo‘nalishda) tasnif qilinadi:
1) Hosil bo'lish o'rniga ko'ra undoshlar tasnifi;
2) Hosil bo'lish usuliga ko'ra undoshlar tasnifi;
3) Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra undoshlar tasnifi.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling