HOSIL BO'LISH O'RNIGA KO'RA UNDOSHLAR TASNIFI.
Undoshlar hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra dastlab
"Lab undoshlari" ,
"Til undoshlari" ,
"Bo'giz undoshi" kabi turlarga bo'linadi.
LAB undoshlari: B, P, M, V, F. Lab undoshlar lablarning qanday ishtirok etishiga ko'ra LAB-LAB va LAB-TISH undoshlari kabi turlarga bo'linadi:
B, P, M --- kabilar lab-lab undoshlari hisoblanadi.
V , F kabilar lab-tish undoshlari deyiladi.
TIL UNDOSHLARI:D, T, Z, S, J, CH, J, SH, L, R, N, Y, G, K, NG, G', X, Q. Ushbu 18 ta undoshlar til undoshlaridir. Til undoshlari tilning qayerida hosil bo'lishiga ko'ra quyidagi to'rt turga bo'linadi:
1.til oldi undoshlari D, T, Z, S, J, CH, J, SH, L, R, N.
2. til o'rta undoshi Y (bitta).
3. til orqa undoshlari G, K, NG.
4. chuqur til orqa undoshlari Q, G', X.
ESLATMA: Savollarda "hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar" haqida savol berilganida 18 ta til undoshlarini baravar tahlilga tortishga odatlaning. Huddi shu kabi 5 ta lab undoshlarini baravar tahlil qilishga odatlaning.
BO'G'IZ UNDOSHI "H" (bittagina)
HOSIL BO'LISH USULIGA KO'RA UNDOSHLAR TASNIFI
Undosh tovushlarning hosil bo'lish usuliga ko'ra tasnifi haqida ikki xil ma'lumot keltirilgan, ya'ni ba'zi manbalarda
PORTLOVCHILAR,
SIRG'ALUVCHILAR,
QORISHIQ kabi uch turga bo'lib tushuntirilgan.
Ayrim manbalarda PORTLOVCHILAR va SIRG'ALUVCHILAR kabi ikki turga ajratib o'rgatilgan. Biz birinchisini o'rganaveramiz va bu kabi har xillik testda muammo bo'lmaydi.
1. PORTLOVCHI undoshlar: B, P, M, D, T, J(jo'ja), N, G, K, NG, Q.
2. SIRG'ALUVCHI undoshlar: V, F, Z, S, J(jurnal), SH, L, R, Y, G', X, H.
3. QORISHIQ undosh: "CH" (bittagina).
Do'stlaringiz bilan baham: |