Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet14/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

MAVZU + im = mavzuyim
MAVZU + ing = mavzuying
MAVZU + si = mavzusi
"ORZU" so'ziga egalik qo'shimchalari qo'shilganida TALAFFUZDA "Y" undoshining ortishi kuzatilsa ham, yozuvda ifodalanmaydi. Ushbu so'zga egalik qo'shimchalari quyidagicha qo'shiladi:
ORZU + m = orzum
ORZU + ng = orzung
ORZU + si = orzusi
ORZU + miz = orzumiz
ORZU + ngiz = orzungiz
ORZU + lari = orzulari
Shuni unutmangki, "ORZU" so'ziga egalik qo'shimchalari qo'shilganida ularni "orzuyim, orzuying, orzuyi, orzuyimiz, orzuyingiz" holatlarida hamda "orzuim, orzuing, orzui, orzuimiz, orzuingiz" holatlarida yozish mumkin emas, agar shunday yozsangiz, imloviy(orfografik) xatolik hisoblanadi.

EGALIK TA'SIRIDA "N" UNDOSHINING ORTISHI: Ko'rsatish olmoshlariga (ot o'rnida kelgan ko'rsatish olmoshlariga – doskada tushuntiraman) egalik qo'shimchalari qo'shilganida asos va qo'shimcha o'rtasida portlovchi til oldi "N" undoshining ortishi kuzatiladi. Ma'lumki, egalik qo'shimchalari uch shaxsga bo'linadi. Ularning har biri ta'sirida "N" undoshining ortishi bir-biridan saaal farq qiladi.


Birinchi shaxs egalik qo'shimchalari ta'sirida "N" tovushining ortishi juddda oddiy, bir kishining(ayolning🙈) nolishidan olingan jumlada bu fonetik hodisa yaqqol ko'ringan: Hech gapimga quloq solmaysiz, "UNIM yo'q, BUNIM yo'q" -- deb qancha javrasam ham, natija yo'q. Ushbu jumlada ikkita ko'rsatish olmoshi qatnashgan va ularga birinchi shaxs egalik qo'shimchalari qo'shilishi natijasida "N" ortgan: BU + im = bunim. U + im = unim.
Hurmatli abituriyentlar, mahsulot ma'nosidagi "UNIM" va ovoz ma'nosidagi "UNIM" kabilarda heeeech qanday fonetik hodisa yo'q:
UN(mahsulot) + im = unim.
UN(tovush) + im = unim.
Biroz oldin xamir qilgan edim, hozir unim yo'q, qo'shnijon, uzr.
Azobda kuydirding-ku, axir, yig'lashga unim qolmadi.
Ikkinchi shaxs egalik qo'shimchalari -ing va -ingiz ta'sirida "N" tovushining ortishida "-ingiz" qo'shimchasiniki juda oddiy, "-ing" qo'shimchasinikda e'tiborli jihatlari ko'p.
O'rtoq boshlovchi, BUNINGIZ bir og'iz ham gapirolmaydi-ku!
jumlasidagi "buningiz" so'zi quyidagicha morfemalarga ajraladi: bu + ingiz = buningiz (qarang, "n" undoshining ortganligi aniq sezilib turibdi).
Ana endi "-ing" ta'sirida "N" tovushining ortishini o'rganamiz. "BUNING" so'zida tovush ortishi kuzatilganmi yoki kuzatilmaganmi? deb so'ralganida "HAA" yoki "YO'Q" deyishga shoshilmang, chunki fonetik hodisa kuzatilgan(bu + ing) bo'lishi ham, kuzatilmagan(bu + ning) bo'lishi ham mumkin va bu holat matnda bilinadi.
Agar matndagi "BUNING" , "ANA SHUNING" so'zlari "kimning?" "nimaning?" so'roqlariga javob bo'lsa va o'zidan keyingi biror so'z tarkibida uchinchi shaxs "-i" yoki "-si" egalik qo'shimchalarini talab qilsa, ushbu olmoshda fonetik hodisa kuzatilmagan deb qaraladi va bu olmoshning tarkibida egalik qo'shimchasi emaaas, hech qanday fonetik hodisasiz qo'shiladigan QARATQICH KELISHIGI qo'shimchasi mavjud deb qaraladi:
Hozirgi kunda BUNING narxi ancha ko'tarilib ketgan. (Nimaning narx + "-i")
Ushbu jumladagi ko'rsatish olmoshi " BU + ning = buning " holatida morfemalarga ajratiladi va tarkibidagi qo'shimcha qaratqich kelishigi ekanligi uchun fonetik hodisa yo'q deb qaraladi.


Agar matndagi "BUNING" , "MANA BUNING" so'zlari "kim?" "nima?" so'roqlariga javob bo'lsa va o'zidan keyin biror so'z tarkibida uchinchi shaxs "-i" yoki "-si" egalik qo'shimchasini talab qilmasa, " BU + ing = buning " tarzida morfemalarga ajratiladi va egalik qo'shimchasi ta'sirida " N " undoshining ortishi mavjud deb qaraldi:
BUNING hech qachon odamga o'xshab gapirmaydi. (KIM odamga o'xshab qapirmaydi?) Ushbu jumladagi "BUNING" so'zi tarkibida qaratqich(-ning) kelishigi emas, ikkinchi shaxs egalik (-ing) qo'shimchasi qatnashgan va "N" undoshi ortgan, chunki kim? so`rog`iga javob bo`lgan.
Uchinchi shaxs egalik qo'shimchalari ta'sirida "N" undoshining ortishi haqidagi ma'lumotni o'qishdan oldin "SINGIL" so'ziga uchinchi shaxs egalik qo'shimchasining qo'shilishi haqidagi ma'lumot 👆👆👆 ni bir o'qib chiqing.
Iltimos, tezroq o'qib keling.
O'qib keldingizmi? Demak, boshlaymiz......
"Singil" so'ziga uchinchi shaxs egalik qo'shimchalari oldinma-ketin ikki marta "-i" + "-si" holatida qo'shilgani kabi ko'rsatish olmoshlariga ham uchinchi shaxs egalik qo'shimchalari oldinma-ketin ikki marta "-i" + "-si" holatida qo'shiladi va birinchi "-i" egalik qo'shimchasi ta'sirida "N" undoshining ortishi kuzatiladi va quyidagicha yoziladi:
Shu + i + si= shunisi
Mana bu + i + si = mana bunisi
Afsuski, ayrim abituriyentlar matnlardagi "shunisi, bunisi" so'zlaridagi fonetik hodisani, ya'ni tovush ortishini sezishmaydi, chunki o'sha abituriyentlar "shunisi, bunisi" kabi so'zlarni quyidagicha xato morfemalarga ajratadi va mavjud fonetik hodisani sezmaydi: 👇👇👇
Shunisi = shu(yetakchi morfema) + ni (tushum kelishigi) + si (egalik)
Bu morfemik tahlil butkul xato, chunki kelishiklar hech qachon egaliklardan oldin kelmaydi.
Endi quyidagi tahlilga e'tibor bering!!!!!!
Shunisi = Shu (yetakchi morfema) + i (uchinchi shaxs egalik) + si (uchinchi shaxs egalik).
Mana shu 👆👆👆morfemik tahlil to'g'ri tahlildir.
Yana bir xatolikni hech takrorlamang, ya'ni matnlarda mavjud bo'lgan "SHUNI" , "MANA BUNI" so'zlarida uchinchi shaxs “-i” egalik ta'sirida "N" tovushining ortishi kuzatilgan deya xato fikrlamang, chunki bu so'zlar tarkibida uchinchi shaxs "-i" egalik qo'shimchasi emaaas, olmoshga hech qanday fonetik hodisasiz qo'shilgan "-ni" tushum kelishigi bor.
Shuni = Shu (asos) + ni (tushum kel.) Bu to'g'ri tahlil.
Shuni = shu(asos) + "-i" Bu xato tahlil, chunki uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi ko'rsatish olmoshlariga hech qachon yakka holda qo'shila olmaydi.



Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling