Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet10/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

SAVOL: Oltin o'tda bilinadi, odam --- mehnatda. Mehnat bilan inoqlashsang, tan og'rig'ini ko'rmaysan. Ko'p ishlagan ko'p yashaydi. Mehnat qilsang, ko'ngling nurga to'ladi.
Ushbu matndagi so'zlar imlosida sodir bo'lgan fonetik HODISALAR haqida berilgan to'g'ri hukmni aniqlang.
A) munosabat shakllari ta'sirida 2 o'rinda ko'makchi marfemada fonetik hodisa kuzatilgan.
B) munosabat shakllari ta'sirida ikki o'rinda yetakchi morfemada fonetik hodis kuzatilgan.
C) uch o'rinda yetakchi morfemada, bir o'rinda ko'makchi morfemada fonetik hodisa kuzatilgan.
D) so'z yadovchi ta'sirida bir o'rinda yetakchi morfemada fonetik hodisa kuzatilgan.


SAVOL: Quyida berilgan hukmlarning nechtasi noto'g'ri?
1) ayrim so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganida so'zda til o'rta jarangli undoshning ortishi kuzatiladi
2) asosi unli bilan tugagan sonlarga qo'shilgan jamlovchi son qo'shimchasi tarkibidagi unli tovush tushib qolishi mumkin.
3) "-q" sifat yasovchi qo'shimchasi qo'shilganida so'zidagi bir tor unli boshqa tor unliga almashishi mumkin.
4) ayrim fe'llarga fe'l nisbati qo'shimchalari qo'shilganida tovush tushishi hodisasi kuzatilishi mumkin.
5) ayrim olmoshlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganida asos va qo'shimcha o'rtasida til oldi jarangli undosh ortishi mumkin.
A) 2 tasi B) 3 tasi C) 1 tasi D) 4 tasi
Avval tayyorlanganlar uchun bularni ishlab qo`yish majburiy. Avval tayyorlanmaganlar uchun esa majburiy emaaas.
DEMAK, MAVZUNI BOSHLAYMIZ!
So'zlarga TURLI VOSITALAR qo'shilishi natijasida so'z tarkibida biror tovushning ortishi, tushishi yoki almashishi holatlariga FONETIK HODISA deyiladi va u o'z ichida quyidagicha uch turga bo'linadi:
1) tovush tushishi
2) tovush ortishi
3) tovush almashishi
ESLATMA: "Tovush o'zgarishi" atamasini tovush almashishi deb tushunish xato. Chunki tovush tushishi, ortishi va almashishi haaammasi TOVUSH O'ZGARISHI dir(ya'ni FONETIK HODISALAR dir)
Fonetik hodisalarni o'rganishda uning TURI ni, QAYSI QISM(yetakchi morfema, yoki ko'makchi morfema)da sodir bo'layotganini va qanday VOSITALAR TA'SIRIDA sodir bo'layotganini yaxshiroq o'rganish zarur.
Fonetik hodisalar
1) TO'LIQSIZ FE'LLAR
2) KO'MAKCHI FE'LLI SO'Z QO'SHILMALARI
3) KO'MAKCHI MORFEMALAR(QO'SHIMCHALAR)
kabi uch vositalar orqali yuzaga keladi.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling