Normamatova dildora
III. Ko'makchi morfemalar ta'siridagi fonetik hodisalar
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munosabat shakllari tasiridagi fonetik hodisalarni
- KISHILIK OLMOSHLARIGA HECH QACHON EGALIK QOSHIMCHALARI qoshilmaydi.
- "-ga"
III. Ko'makchi morfemalar ta'siridagi fonetik hodisalar
Ma’lumki, ko`makchi marfemalar o`z ichida sintaktik shakl yasovchi qo`shimchalar, lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar va so`z yasovchi qo`shimchalarga bo`linadi, shuning uchun quyidagi uch yo'nalishni alohida o`rganish qulay hisoblanadi: sintaktik shakl yasovchi ko'makchi morfemalar (munosabat shakllari) ta'siridagi fonetik hodisalar lug'aviy shakl yasovchi ko'makchi morfemalar ta'siridagi fonetik hodisalar o'z yasovchi ko'makchi morfemalar ta'siridagi fonetik hodisalar Munosabat shakllari ta'siridagi fonetik hodisalarni o'rganishda egalik va kelishik qo'shimchalari (buyruq mayli -gin qo'shimchasi ham) o'rganiladi, xolos. KELISHIK QO'SHIMCHALARI ta'sirida tovush tushishi, ortishi va almashishi kabi uchala holat ham kuzatiladi. Kelishiklar ta’siridagi tovush tushishi: bu holat faqat QARATQICH(-ning) va TUSHUM(-ni) kelishiklari natijasida yuzaga keladi. Qaratqich(-ning) va tushum(-ni) kelishiklari birinchi shaxs va ikkinchi shaxs BIRLIK (men, sen) kishilik olmoshlariga qo'shilganida portlovchi "n" tovushning tushishi kuzatiladi. Men + ning = mening Men + ni = meni Sen + ning = sening Sen + ni = seni Afsuski, ko'pchilik abituriyentlar yuqoridagi barobar belgisi(=)dan keyin keltirilgan "mening, meni, sening, seni" kabilarni matnda uchratganida fonetik hodisani sezishmaydi, chunki ular ushbu so'zlar tarkibida ikkinchi shaxs va uchinchi shaxs "-ing va -i" egalik qo'shimchalari bor deb xato fikr yuritishadi, ya'ni quyidagicha xato morfemalarga ajratadi: 👇👇👇 Mening = men + ing (ikkinchi shaxs egalik) Meni = men + i (uchinchi shaxs egalik) Sening = sen + ing (ikkinchi shaxs egalik) Seni = sen + I (uchinchi shaxs egalik) Abituriyentlarning nazaridagi ushbu tahlil xato, chunki KISHILIK OLMOSHLARIGA HECH QACHON EGALIK QO'SHIMCHALARI qo'shilmaydi. Shuning uchun "mening, meni, sening, seni" so'zlardan egalik qo'shimchasini izlashni bas qilinglar. Kelishiklar ta’sirida tovush ortishi: Ko'rsatish olmosh(u, bu, mana shu, ana shu, o'sha)lariga va uchinchi shaxs birlik kishilik olmoshi(U)ga JO'NALISH(-ga), O'RIN-PAYT(-da) CHIQISH(-dan) KELISHIKLARI qo'shilganida asos va qo'shimcha o'rtasida portlovchi "n" tovushi ortadi. Mana bu + ga = mana bunga O'sha + da = o'shanda Mana bu + dan = mana bundan Kelishiklarda tovush almashishi: Kelishiklar ta’sirida tovush almashishi deyilganida "-ga" jo'nalish kelishigining "Q" yoki "K" undoshlar bilan tugagan so'zlarga qo'shilib "-ka" , "-qa" holatida kelishi nazarda tutiladi. Bu holatga ko'makchi morfema tarkibidagi fonetik hodisa deyiladi. Qishloq + ga = qisloqqa O`tloq + ga = o`tloqqa Ko'kterak + ga = Ko'kterakka Jo'nalish kelishigi qo'shimchasi "g' va g" undoshlari bilan tugagan so'zlarga qo'shilganida "-qa va -ka" tarzida talaffuz qilinsa ham, "-ga" yoziladi. Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling