Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet11/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

I. To`liqsiz fe`llar ta`siridagi fonetik hodisalar:
"EDI, EKAN, EMISH" kabi to'liqsiz fe'llar o'zidan oldingi so'lardan ajratib ham yoziladi, o`zidan oldingi so`zga qo'shib ham yoziladi. Ajratib yozilganida fonetik hodisa kuzatilmaydi, qo'shib yozilganida esa to`liqsiz f’el qismida fonetik hodisa kuzatiladi, ya’ni to'liqsiz fe'l tarkibidagi "e" unlisi tushib qoladi va bunday holga tovush tushishi deyiladi. Masalan: Olib kelgan emish
Aytgan edim.
Aytib berar ekan kabilarda fonetik hodisa mavjud emas.
Olib kelganmish
Aytgandim
Aytib berarkan kabilarda "e" unlisining tushishi kuzatilgan. (Bu fonetik hodisalarning yetakchi morfemada yoki ko'makchi morfemada kuzatilyapti degan tahlili mavjud emas, shunchaki, to'liqsiz fe'ldagi unli tovush tushib qolayotganini sezishingiz kifoya)
II. Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasi tarkibidagi fonetik hodisalar:
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining qismlari, asosan, ajratib yoziladi va bunday holda fonetik hodisalar kuzatilmaydi. Ba'zan ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining qismlari qo'shilib yozilishi mumkin va bunda fonetik hodisa sodir bo'ladi. Bu - juda oddiy. Tovush tushishi va tovush almashishi kuzatiladi.

  • Ravishdoshning "-y" , " -a" shakllari bilan tugagan yetakchi fe'llarga "olmoq" ko'makchi fe'li qo'shilganida yetakchi fe'l oxiridagi tovushlarning tushishi kuzatiladi. Masalan:

Isbot qila olmaysan (ajratib yozilgan)
Uxlay olmadim (ajratib yozilgan) kabilarda fonetik hodisa yo`q.
Isbot qilolmaysan (Ko'makchi fe'l qo'shib yozildi)
Uxlolmadim (ko'makchi fe'l qo'shib yozildi) kabilarda fonetik hodisa bor.
Ushbu misollarda tushishi kuzatilgan bo'lsa, endigi qoidada almashishi yoritiladi:

  • Ravishdoshning "-y" , "-a" shakllari bilan tugagan yetakchi fe'l "bermoq" ko'makchi fe'l qo'shilganida ko'makchi fe'l boshidagi portlovchi "b" undoshi sirg'aluvchi "v" undoshiga almashadi. Masalan:

Kuylay berdi
Ishlata bermasin kabilarda fonetik hodisa mavjud emas.
Kuylayverdi
Ishlatavermang kabilarda tovush almashishi kuzatilgan.



Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling