tun + gi = tungi. nishon + ga= nishonga. qo'rg'on + gacha = qo'rg'ongacha.
"ng" undoshi mavjud bo'lgan so'zlarda ko'pchilik bo'g'inni xato ko'chiradi: "ko'ngil" so'zini "ko'n-gil", "ishondingiz" so'zini "i-shon-din-giz" deb xato ajratishadi. Bunaqa xatoliklar kuzatilmasligi uchun quyidagi qoidani eslab qoling: "ng" undoshi unlilar o'rtasida kelganida keyingi bo'g'inning boshida keladi, agar "ng" undoshi "unli + ng + undosh" qolipida kelsa, ya'ni unli va undosh o'rtasida kelsa, birinchi bo'g'nning oxirida keladi(ya'ni birinchi bo'g'in tarkibida keladi) Namuna: "SINGIL" si - ngil. "KENGLIK" keng - lik. Tushundingizlarmi?
QO'SH UNDOSHLAR va QATOR UNDOSHLAR haqida ma'lumot.
Bir so'z tarkibida(bir bo'g'in tarkibida bo'lish-bo'lmasligi ahamiyatsiz) bir xil tovushning yonma-yon kelishiga QO'SH UNDOSH deyiladi va bunday so'zlar qo'sh undoshli so'zlar deyiladi: SSENARIY, METALL, SAKKIZ va hokozo...... Shuni bilingki, sifatning orttirma darajasini hosil qilishda yuzaga kelgan "to'ppa-to'g'ri, oppoq" kabi holatlarga ham, "-q" sifat yasovchi ta'siridagi "achchiq, sassiq, issiq" kabi holatlarga ham, QISHLOQ+GA="qishloqqa" kabi holatlarga ham QO'SH UNDOSHLI holat deb qaraladi. Chetdan o'zlashgan "metall, gramm, kongress" kabilarning oxiriga qanday qo'shimchalar qo'shilganida so'z oxiridagi qo'sh undoshning biri tushib qolishi haqida ikki xil ma'lumot bor. Eski beshinchi sinf va yangi beshinchi sinflarda har xil aytilgan. Yangi kitobdagini aytaman: Chetdan o'zlashgan oxiri qo`sh undoshli so'zlarga xuddi o'sha undosh bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo'shilganida oxirgi qo'sh undoshning bittasi tushib qoladi. Masalan: metall+lar=metallar.
(Eski 5-sinf darsligida esa har qanday qo'shimcha qo‘shilganida oxirgi qo‘sh undoshning biri tushirib qoldirilishi aytilgan: metall+ni=metalni, gramm+i=grami, metall+li=metalli)
Bir bo'g'in tarkibida ikki xil undoshning yonma-yon kelishiga QATOR UNDOSH deyiladi va bunday so'zlar qator undoshli so'zlar deyiladi. Masalan: DARD, KONTRAKT, DO`ST, KONGRESS kabi so`zlar tarkibida "RD, TR, KT, N va G" kabi qator undoshli so`zlarni ko`rishimiz mumkin. Shuni bilingki, qator undoshli so`zlarga turli ko`makchi morfemalar qo`shilishi natijasida qator undosh hisoblangan harflar turli bo`g`inlarga o`tib ketsa ham, qator undoshli so`z ekanligi saqlanib qolaveradi. Maslan: BAXTIM, DO`STINI kabilarni bo`g`inga ajratamiz: BAX - TIM, DO`S - TI - NI. Ko`rib turganingizdek, X va T" undoshlari hamda "S va T" undoshlari turli bo`g`inlar tarkibida kelishdi, shunday bo`lsa ham, ular qator undoshli so`zlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |