Normamatova dildora


SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR TA'SIRIDAGI FONETIK HODISALAR


Download 113.68 Kb.
bet16/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR TA'SIRIDAGI FONETIK HODISALAR:
Shaxs otini yasovchi "-vchi" qo'shimchasi labalanmagan tor unlini lablangan tor unliga, labalanmagan quyi keng unlini lablangan quyi keng unliga almashtiradi:
Boshla + vchi = boshlovchi
O'qi + vchi = o'quvchi


Ot yasovchi "-q" qo`shimchasi ham lablanmagan unlilarni lablangan unlilarga aylantiradi:

Tara + q = taroq
So'ra + q = so'roq
Tirna + q = tirnoq
Qiyna + q = qiynoq

Sifat yasovchi "-q" qo'shimchasi "isimoq" , "achimoq" , "sasimoq" kabi fe'llarga qo'shilganida asosda tovush ortishi kuzatiladi va buni ayrim manbalarda tovush ikkilanishi deb yuritiladi, bu qo`shimcha lablanmagan tor unlini lablangan tor unliga, lablanmagan quyi keng unlini lablangan quyi keng unliga almashtiradi:

Isi + q = issiq
Achi + q = achchiq
Sasi + q = sassiq
Sovi + q = sovuq
Quri + q = quruq
Qayna + q = qaynoq
Quvna + q = quvnoq

Sifat yasovchi "-qi" qo'shimchasi labalanmagan keng unlini lablangan keng unliga aylantiradi:
Yig'la + qi = yig'loqi
Sayra + qi = sayroqi
O'yna + qi = o'ynoqi
Sifat yasovchi "-aki" qo'shimchasi "OG'IZ" so'ziga qo'shilganida tovush tushishi kuzatiladi:
Og'iz + aki = og'zaki
"AYIR" so'ziga sifat yasovchi "-im”, "-i" kabi qo'shimchalar qo'shilganida asosda labalanmagan tor unlining tushishi kuzatiladi:
Ayir + im = ayrim (shaharlar)
Ayir + i = ayri (tayoq)
Fe'l yasovchi "-ay" qo'shimchasi unli va undosh tovushlarning tushishini yuzaga keltiradi:
Ulug' + ay = ulg'ay
Past + ay = pasay
Sust + ay = susay
Sariq + ay = sarg`ay (shu so`zda ham fonetik hodisa borligini bilishingiz kifoya, fonetik hodisalarning qanday turi kuzatilganligiga boshingizni qotirmang)

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling