Normamatova dildora
LUG'AVIY SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR TA'SIRIDAGI FONETIK
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIFAT TURKUMI ga oid lugaviylarda
- SON TURKUMI ga oid lugaviylarda
- "-ta, -tacha, -tadan"
- OLMOSH TURKUMI ga oid lugaviylarda
- "-dek, -day, -aqa, -cha"
- FEL TURKUMI ga oid lugaviylarda
LUG'AVIY SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR TA'SIRIDAGI FONETIK
HODISALAR OT TURKUMI ga oid lug'aviylarda: Erkalatish-kichraytirish "-gina" qo'shimchasi hamda chegara ma'nosini ifodalovchi "-gacha" qo'shimchalari "Q" va "K" undoshlari bilan tugagan so'zlarga qo'shilganida "-qina, -kina" tarzida, "-qacha, -kacha" tarzida talaffuz qilinishiga va yozilishiga tovush almashishi deyiladi. OYOQ + gina + ng = oyoqqinang KO'KTERAK + gacha = Ko'kterakkacha SIFAT TURKUMI ga oid lug'aviylarda: Sifat darajasini bildiruvchi "-ish" qo'shimchasi "QIZIL" , "SARIQ" so'zlariga qo'shilganida fonetik hodisa kuzatiladi: QIZIL + ish = qizg'ish, SARIQ + ish = sarg'ish (Iltimos, "sarg'ish" so'zida qanday hodisalar booor deb so'rab o'tirmasdan, FONETIK HODISA bor, deng. Kifoya). SON TURKUMI ga oid lug'aviylarda: Sonning ma'no turlaridan birini (jamlovchi sonni) hosil qiluvchi "-ov, -ala, -ovlon" qo'shimchalari unli bilantugagan "IKKI, OLTI, YETTI" sonlariga qo'shilganida ushbu sonlar tarkibidagi, ya’ni yetakchi morfema tarkibidagi oxirgi unli tovush tushib qoladi: IKKI + ala = ikkala OLTI + ovlon = oltovlon YETTI + ov = yettov Sonning ma'no turlarini(dona sonni, taqsim sonni va chama sonni) hosil qiluvchi "-ta, -tacha, -tadan" qo'shimchalari "r" undoshi bilan tugagan sonlarga qo'shilganida so'z oxiridagi jarangli, sirg'aluvchi "r" undoshi jarangsiz portlovchi "t" undoshiga almashadi: Bir + ta = bitta O`n bir + tacha = o`n bittacha Qirq bir + tadan = qirq bittadan OLMOSH TURKUMI ga oid lug'aviylarda: Birinchi va ikkinchi shaxs birlik KISHILIK OLMOSHLARI(men, sen) ga qarashlilik qo'shimchasi "-niki" qo'shilganida portlovchi jarangli til undoshi "N" tovushining tushishi kuzatiladi(yetakchi yoki ko'makchi morfemada tushayotgani ahamiyatsiz, muhimi, tovush tushishi bor.) MEN + niki = meniki SEN + niki = seniki Ko`rsatish olmoshlariga "-dek, -day, -aqa, -cha" kabilar qo`shilganida asos va qo`shimcha o`rtasida portlovchi til oldi "N" undoshining ortishi kuzatiladi: BU + day = bunday MANA SHU + aqa = mana shunaqa O`SHA + cha = o`shancha FE'L TURKUMI ga oid lug'aviylarda: majhul va o'zlik nisbat "-il" qo'shimchasi "QAYIR, AYIR" so'zlariga qo'shilganida asosdagi "i" unlisining tushishi kuzatiladi: QAYIR + il = qayrilmoq AYIR + il = ayrilmoq Majhul nisbat "-il" , birgalik nisbat "-ish" va harakat nomi "-ish" qo'shimchalari "DEMOQ" , "YEMOQ" kabi fe'llarga qo'shilganida asos va qo'shimcha o'rtasida sirg'aluvchi til o'rta "Y" undoshining ortishi kuzatiladi: Tarixiy manbalarda shunday "deyilgan". (De + il + gan = deyilgan.) Do'stlarning sen haqingda bir nimalar "deyishdi".(De + ish + di = deyishdi.) Ko'katli ovqatlar mavsum davomida "yeyiladi". (Ye + il + adi = yeyiladi.) Ishchilar nonushtani barvaqt "yeyishdi". (Ye + ish + di = yeyishdi.) Harakat nomini hosil qiluvchi "-v" qo'shimchasi "i" va "a" unlilari bilan tugagan fe'llarga qo'shilganida so'z oxiridagi labalanmagan tor "i" unlisi lablangan tor "u" unlisiga almashadi. Labalanmagan quyi keng "a" unlisi lablangan quyi keng "o" unlisiga almashadi: O'qi + v = o'quv (qurollari) To'qi + v = to'quv (dastgohi) Qayna + v = qaynov (qozonning qaynovi) Qala + v = qalov. (Qalovini topsang, qor ham yonadi.) ESLATMA: Shakl yasovchilarga taalluqli fonetik hodisalarda sintaktik shakl yasovchilarlar ta'siridagi fonetik hodisalar ham, lug'aviy shakl yasovchilarlar ta'siridagi fonetik hodisalar ham baravar hisobga olinadi, chunki sintaktik shakl yasovchilar va lug'aviy shakl yasovchilar bir nom bilan SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR hisoblanadi. Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling