SO`ZLARNING TARKIB JIHATDAN TURLARI
So`zlar tarkib jihatdan tub so`zlar va yasama so`zlar kabi ikki turga bo`linadi.
Tarkibida hech qanday yasalish xususiyati mavjud bo`lmagan so`zlarga tub so`zlar deyiladi: yantoq, sarg`ish, kabutar, bajarish, yugurayotgan, idish-pidish, paqir-saqir, kulib-kulib, katta-katta, idish-tovoq, o`y-xayol, stol-stul, eshitib qolmoq, sindirib qo`ygach…
Asosga so`z yasovchi qo`shimcha qo`shish orqali yoki asosga boshqa asos qo`shish orqali, so`zlarni juftlash va takrorlash orqali yangi ma’noli so`z hosil qilinishiga yasama so`zlar deyiladi: iliq, quvnoq, bilimdon, noma’qul, yig`loqi, sozchi, suvsamoq, jadallashmoq, qator-qator, chelak-chelak, issiq-issiq, chiroyli-chiroyli, orzu-istak, kiyim-kechak, uyma-uy, qadam-baqadam, rad etmoq, sarf qilmoq, chiqib tushmoq, sotib olmoq, qizarib ketmoq, do`stlashib qolmoq, …
Do'stlaringiz bilan baham: |