Normamatova dildora


SO`ZLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI


Download 113.68 Kb.
bet46/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

SO`ZLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI
So`zlar tuzilishi jihatdan quyidagi to`rt turga bo`linadi:

  • Soda so`zlar

  • Qo`shma so`zlar

  • Juft so`zlar

  • Takroriy so`zlar



1)Tarkibi bir asosdan tashkil topgan so`zlarga sodda so`zlar deyiladi.
Masalan: kitob, yig`layotgan, suvni, libos, qiynoqlar, sariq, balndroq, aravakash…
Eslatma: sodda so`zlar tarkibida so`z yasovchi qo`shimchalar bo`lishi ham, bo`lmasligi ham mumkin. Tarkibida so`z yasovchi qo`shimchalar mavjud bo`lmagan sodda so`zlarga sodda tub so`zlar deyiladi, tarkibida so`z yasovchi q`shimchalar mavjud bo`lgan sodda so`zlarga sodda yasma so`zlar deyiladi.
Sodda so`zlarga taalluqli savollarda sodda tub so`zlar ham, sodda yasama so`zlar ham baravar tahlil qilinadi. Misollari yuqorida keltirilgan.


2)Tarkibi ikki va undan ortiq asosdan tashkil topgan so`zlarga qo`shma so`zlar deyiladi: qirqquloq, qiymataxta, balandparvoz, achchiqtosh, ertapishar, Janubiy Koreya, Quyi Chirchiq, jahl qilmoq, hadya etmoq, imkon bermoq, borib kelmoq, chiqib tushmoq, olib kelmoq…
3)Bir-biriga sinonim(ma’nodosh) yoki antonim(zid ma’nili) so`zlar juftligdan tashkil topgan so`zlarga juft so`zlar deyiladi. Masalan: qozon-tovoq, yem-xashak, yaxshi-yomon, savol-javob, ko`rpa-to`shak, savdo-sotiq, katta-kichik, do`st-dushman, keldi-ketdi…
4)So`zlarni takrorlash orqali hasil qilingan “idish-pidish, bug`doy-mug`doy, choy-poy, qator-qator, chelak-chelak, es-es, baland-baland, keng-keng, issiq-issiq, katta-katta, chiroyli-chiroyli, kulib-kulib, qiynala-qiynala, eshikma-eshik, uyma-uy, yilma-yil, qadam-baqadam, dam-badam, ochiqdan ochiq, to`g`ridan to`g`ri, uzuzndan uzun, yildan yilga” so`zlarga takroriy so`zlar deyiladi. Birinchi qismi chiqish kelishigi shaklida bo`lgan takroriy so`zlar orasiga chiziqcha qo`yilmaydi, qolgan barcha takroriy so`zlar chiziqcha bilan yoziladi.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling