Normamatova dildora
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
ASOSIY IZOH: Matnlardagi yasama so'zlar miqdorini aniqlashda so'zlarni JUFTLASH va TAKRORLASH orqali ham yasama so'zlar hosil qilunishi mumkinligini yodda saqlang: "qator-qator, chelak-chelak, es-es, qozon-qozon" "ustma-ust, eshikma-eshik, qadam-baqadam" kabilar ot emas, ravish. Ya'ni otning takroridan hosil qilingan yasama ravishlardir. "to'g'ridan to'g'ri, uzundan uzun, ochiqdan ochiq" kabilar ham sifat emas, ravish. Ya'ni sifatning takroridan hosil qilingan yasama ravishlardir.
"qishin-yozin, uzil-kesil, nari-beri" kabilar esa so'zlarni juftlash orqali hosil qilingan yasama ravishlardir. ESLATMA: Baaarcha takroriy so'zlar va barcha juft so'zlar yasama so'z hisoblanavermaydi. Masalan: ota-ona, idish-tovoq, aql-zakovat so'zlari juft so'z, biroq yasama emas. idish-pidish, ovqat-povqat, bug'doy-mug'doy, yangi-yangi, baland-baland, katta-katta, tez-tez kabilar ham takroriy so'z, biroq yasama emas. "ko'rpa-to'shak, orzu-istak, sabr-toqatli, kiyim-kechak" kabi juft so'zlarni yuqoridagi "idish-tovoq, aql-zakovat" so'zlariga o'xshatib tub hisoblamang, bu so'zlar yasama, chunki tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar mavjud: to'sha"-k", ista"-k", toqat"-li", kiy"-im". "issiq-issiq, chiroyli-chiroyli" so'zlarni yuqoridagi "yangi-yangi, keng-keng, tez-tez" so'zlariga o'xshatib tub so'z hisoblash xato, bular yasama so'z, chunki tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar mavjud: isi+q=issiq, chiroy+li=chiroyli Endi darsning booooshidagi ikkita savolning javobini aytib o'taman. Birinchi savolning javobi "C" edi. Chunki "mustaqillik" so'zi sifatdan yaslagan yasama so'z, "o'zgarish" so'zi ham sifatdan yasalgan yasama so'z edi, ya'ni sifat asosli yasama so'zlar bitta emas, ikkita edi. A) to'g'ri hukm: o'zgarish va tushuncha kabi yasama so'zlar ega vazifasini bajargan, ro'y berdi va paydo bo'ldi kabi yasama so'zlar kesim vazifasini bajargan. B) to'g'ri hukm: o'zgarmoq so'zi tarkibidagi "-r" so'z yasovchi qo'shimchasi fe'lning munosabat shakli zamon "-r" qo'shimchasi bilan omonimdir. D) to'g'ri hukm: mustaqillik, o'zgarmoq, tushuncha, ro'y bermoq, paydo bo'lmoq. 5 ta. Ikkinchi savolning javobi "B" edi, "boshqachasiga" yasama ravish, "hal qilmoq" kompozitsiya usulidagi yasama fe'l. Va eng muhimi, "o'ylab ko'rmoq" QFSQ, bu ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining yetakchi fe'l qismida affiksatsiya usulidagi yasalish xususiyati mavjudligi uning yasama so'z ekanligini isbotlaydi. Kimlardir "C" javobni olgan bo'lsa, xato, chunki ushbu gapdagi "topib oldi" so'zi qo'shma fe'l emas, ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi edi(topib oldi - ya'ni "topdi"). Bu ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida hech qanday yasalish xususiyati yo'q edi. Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling