Normamatova dildora
EGALIK QO'SHIMCHALARI ta'sirida tovush tushishi, ortishi va almashishi kabi uchala holat ham kuzatiladi
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
EGALIK QO'SHIMCHALARI ta'sirida tovush tushishi, ortishi va almashishi kabi uchala holat ham kuzatiladi.
EGALIK QO'SHIMCHALARI TA'SIRIDA TOVUSH TUSHISHI: Ikkinchi bo'g'in tarkibida "i", "u" , "a" unlilari mavjud bo'lgan ayrim so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganida ikkinchi bo'g'in tarkibidagi "i" , "u" , "a" unlilari tushishi kuzatiladi. Masalan: BURUN + ingiz = burningiz SHAHAR + imiz = shahrimiz ZAHAR + i = zahri O'G'IL + im = o'g'lim BAG'IR + ing = bag'ring QORIN + im = qornim QO'YIN + ing = qo'yning KO'NGIL + ingiz = ko'nglingiz SINGIL + im = singlim BO'YIN + imiz = bo'ynimiz OG'IZ + i = og'zi BO'G'IZ + ingiz = bo'g'zingiz Yuqoridagi so'zlardan "SINGIL" so'zidan boshqa baaarchasiga uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi bir marta "-i" shaklida qo'shiladi, "SINGIL" so'ziga esa uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi hech qachon bir marta "-i" holatida qo'shilmaydi, bu so'zga uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi oldinma-ketin ikki marta "-i" + "-si" holatida qo'shiladi. . Taqqoslang: BAG'IR + im = bag'rim BAG'IR + ing = bag'ring BAG'IR + i = bag'ri SINGIL + im = singlim SINGIL + ing = singling SINGIL + i = singli (qarang-a, mumkin emas) SINGIL + i + si = singlisi. Anaaa, tushundingizmi? Shuni ham eslab qoling-ki, KO'RSATISH OLMOSHLARI ham uchinchi shaxs egalik qo'shimchasini xuddi "SINGIL" so'zi kabi oldinma-ketin ikki marta qabul qiladi. (Misolini o'sha mavzuda keltiraman.) EGALIK QO'SHIMCHALARI TA'SIRIDA TOVUSHALMASHISHI: Oxirgi tovushi "K" yoki "Q" undoshi bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganida so'z oxiridagi portlovchi jarangsiz "K" undoshi portlovchi jarangli "G" undoshiga almashadi, so'z oxiridagi portlovchi jarangsiz "Q" undoshi esa sirg'aluvchi jarangli "G' " tovushiga almashadi. Masalan: BILAK + im = bilagim. ELAK + ingiz = elagingiz QISHLOQ + imiz = qishlog'imiz QIYNOQ + ingiz = qiynog'ingiz Quyidagi ayrim so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganida so'z oxiridagi “K” va “Q” undoshlari fonetik hodisaga uchramaydi: ISHTIYOQ + ingiz = ishtiyoqingiz RAVNAQ + i = ravnaqi XULQ + ing = xulqing PESHTOQ + i = peshtoqi XALQ + imiz = xalqimiz RIZQ + ingiz = rizqingiz XULQ + ing = xulqing ISHTIROK + ingiz = ishtirokingiz CHOK + i = choki IDROK + im = idrokim va hokozolar........ EGALIK QO'SHIMCHALARI TA'SIRIDA TOVUSH ORTISHI: Bu mavzuni o'rganishda aaancha e'tiborli bo'lishingiz kerak, chunki egalik qo'shimchalari ta'sirida “Y” va "N" undoshining ortishi kabi ikki holat kuzatiladi: "Y" undoshining ortishi: OBRO', MAVQE, AVZO, PARVO kabi so'zlarga birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs egalik qo'shimchalari qo'shilganida asos va qo'shimcha o'rtasida til o'rta sirg'aluvchi jarangli "Y" undoshining ortishi kuzatiladi: PARVO + im = parvoyim PARVO + ing = parvoying PARVO + i = parvoyi (qolgan so'zlarni xuddi shu ko'rinishda konspektga qo'shib keting, xopmi?) MAVZU va XUDO so'zlariga birinchi va ikkinchi shaxs egalik qo'shimchalari qo'shilganida asos va qo'shimcha o'rtasida "Y" tovushi ortadi, lekin uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi qo'shilganida "Y" undoshi ortmaydi, chunki bu ikkala so'zga uchinchi shaxs egalik qo'shimchasi "-i" tarzida emas, "-si" tarzida qo'shiladi: Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling