Normamatova dildora


BO'G'IN VA UNING TURLARI HAQIDA MA'LUMOT


Download 113.68 Kb.
bet9/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

BO'G'IN VA UNING TURLARI HAQIDA MA'LUMOT
Bir havo zarbi bilan aytilgan TOVUSH ga va TOVUSHLAR YIG'INDISI ga bo'g'in deyiladi va bo'g'inlar qanday tovushlar bilan tugashiga ko'ra quyidagi ikki turga bolinadi:
1) OCHIQ BO'G'INLAR 2) YOPIQ BO'G'INLAR
UNLI tovush bilan tugagan bo'g'inlarga OCHIQ BO'G'INLAR deyiladi, UNDOSH tovushlar bilan tugagan bo'g'inlarga esa YOPIQ BO'G'INLAR deyiladi. Masalan: Oyog'ini yechib uyga kirdi va chopib borib o'zini buvisining bag'riga otdi. Ushbu jumlada 19 ta ochiq bo'g'in va 8 ta yopiq bo'g'in mavjud: O - yo - g'i - ni ye - chib uy - ga kir - di va cho - pib bo - rib o' - zi - ni bu - vi - si - ning bag' - ri - ga ot - di.
ESLATMA: Bir bo'g'indan iborat bo'lgan "KUY, BU, NUR, HAM, VA ..." kabilar ham matnlarda e'tiboringizdan chetda qolib ketmasin. Ular ham ochiq bo'g'in va yopiq bo'g'in ekanligi jihatidan tahlilga tortilishi shart.
Yana bir izohga e'tiborli bo'lingki, ayrim abituriyentlar "ONA, O'ZIM" kabilarda bo'g'in yo'q degan g'aliz tushunchalarni o'zida shakllantirib olishgan. "Negaaa?" - deb so'rasangiz, "So'z boshidagi "O , O' " unlilarining o'zlarini yuqoridagi satrda qoldirib bo'lmaydi-ku" , - deb javob berishadi. Shunaqa abituriyentlardan BO'G'IN AJRATISH va BO'G'IN KO'CHIRISH kabi ikki xil holatni bir-birlaridan farqlashini iltimos qilar edim. Yo'lg'iz unli ham bo'g'in hosil qila oladi, lekin bo'g'in ko'chirishda yolg'iz unli yuqori satrda qolmaydi va yolg'iz holda keyingi satrga o'tkazilmaydi.
FONETIK HODISALAR
Bu mavzuni o`rganishdan oldin dastlab sizga bir matn yuboraman va sizlar undagi fonetik hodisalarning miqdorini topib, matndan keyingi bo`sh o`ringa tahlil qilasiz va o`z javobingizni quyida keltirilgan to`g`ri javob bilan taqqoslaysiz. ( Avval tayyorlanganlar bajarishi shart, avval tayyorlanmaganlar esa bajarishga harakat qilib ko`rsin!)
Bolaligimni tez-tez eslab turaman. Katta hovlimiz bo'lardi, uning o'rtasida baland issiqxona bor edi, oyim, qo'shni hovlida yashaydigan xolam va buvim har kuni shu yerda ishlar va u yerdan chiqishi bilan qaynoq choy ichishar edi. Shunisi qiziqki, shuncha yig'lab xarxasha qilsam ham, hech qachon meni u yerga kirgizishmagan. Havo sovuq, lekin oyimlar terlab chiqishardi. Keyin bilsam, ichkarida havo harorati baland bo'lar ekan. O'g'lim qiynalmasin degan ekanlar-da. Buvim qattiqqo'l edilar, ulardan beruxsat ko'chaga ham chiqolmasdim. Hozir esa o'sha quvnoq yoshligimni qo'msayman. Buvimni tez-tez yodga olaman, lekin shuni bilamanki, vaqt ortga qaytmaydi.

Iltimos, faqat fonetik hodisalarning miqdorinigina yozib qo`yish bilan cheklanmang, qaysi so`zlarda ekanligini ham ushbu bo`sh o`ringa yozib o`ting?


Ushbu topshiriqni bajarmay turib ma’ruzani davom ettirmang!
Quyida yuqoridagi matnda kuzatilgan fonetik hodisalarning turi va miqdori to`g`ri izohlangan va buni o`z javobingiz bilan taqqoslab xato va kamchiliklariga e’tibor bering
Bolalik+im=bolaligim(almashish)
Bo'lar + edi(to'liqsiz fe'l)= bo'lardi(tushish)
Isi+q=issiqxona("s" tovushining ortishi) Ko'pchlik topolmagani aniq.
Yosh+a=yashamoq(almashish)
Qayna+q=qaynoq(almashish)
Shu+i+si=shunisi(egalik qo'shimchasi ta'sirida portlovchi "n" tovushi ortgan)
Shu+cha=shuncha(tovush ortishi)
Yig'i+la=yig'lamoq(tushish)
MEN+NI(tushum)= meni(portlovchi tovushning tushishi) Avvalgi tayyorlanganlarning ayrimlari ham topolmagani aniq.
Sovi+q=sovuq (almashish)
Chiqishar + edi = chiqishardi (tushish)
O'g'il + im =o'g'lim (tushish)
Qiyin+a=qiynamoq (tushish)
Chiqa olmas edim = CHIQOLMASDIM. (yetakchi fe'l oxiridagi "a" tushgan va to'liqsiz fe'ldagi "e" tushgan) Ko'pchilik yoki "a" ning tushishini yoki "e" ning tushishini ololmagani aniq.
Quvna+q=quvnoq(almashish)
Yoshlik+im=yoshligim (almashish)
Anaaa, fonetik hodisalarning miqdori ham tugadi, afsuski, kimlardir "UNING O'RTASIDA" jumlasidagi "uning" so'zida tovush ortishi kuzatilgan deb hisoblaydilar, ammo bu fikr xato, chunki bu olmoshning tarkibida -ning qaratqich kelishigi bor, ya'ni fonetik hodisa kuzatilmagan: U+ning=uning.
Kimlardir esa matnning oxiridagi "SHUNI BILAMANKI" jumlasidagi "shuni" so'zida egalik qo'shimchasi ta'sirida tovush ortishi bor deb hisoblashadi, aslida, hech qanday fonetik hodisa kuzatilmagan, ya'ni bu olmosh tarkibida -ni tushum kelishigi bor edi: shu+ni=shuni.
Yuqoridagi xatoliklarni yuzaga keltirgan bo`lsangiz, ularning nazariy yechimi quyida yoritib beriladi.
Agar, adashmasam, ayrim avval tayyorlangan abituriyentlar fonetik hodisalar mavzusini avval o'qiganini ro`kach qilib hozir bu mavzuni o'qishga ehtiyojim yo'q deb o`zini ishontirishadi. Aslida esa o'qishlari shart. Yuqoridagi matnda fonetik hodisalar toping dedim, xolos, ya'ni bu – mavzu yuzasidan juda oddiy savol edi. Imtihonda esa bu mavzuga doir turli qiyinchilikdagi savollar tushadi. MASALAN: 👇👇👇

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling