Normamatova dildora


Download 113.68 Kb.
bet21/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

1. -k tilak, elak, istak
-choq o'yinchoq, ovunchoq
-kash aravakash, suratkash
-chilik dehqonchilik kabilar ot yasovchilardir.
2.-qin jo'shqin, sotqin
-don bilimdon, qadrdon
-li qayg'uli kabilar sifat yasovchilardir.
3.-ona do'stona
-larcha mardlarcha
-siz tinimsiz kabilar ravish yasovchilardir.
4.-ay ulg'aymoq, kuchaymoq
-lash do'stlashmoq
-iq yo'liqmoq, zo'riqmoq kabilar fe'l yasovchilardir.
(Hurmatli abituriyentlar, so'z yasovchilar mavzusi ancha katta mavzu, yuqorida 👆👆👆 bitta-ikkita misol keltirdim, xolos.)
Asosga qo'shilib unga yangi ma'no bermaydigan, o'zi qo'shilgan so'zni boshqa so'zlar bilan sintaktik jihatdan bog'laydigan yoki o'zi qo'shilgan so'zga qo'shimcha lug'aviy ma'no beradigan ko'makchi morfemalarga SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR deyiladi. Egalik, kelishik qo'shimchalari, bog'lamalar, otning kichraytirish-erkalash shakllari, ko'plik qo'shimchasi, sifat darajalarini hosil qiluvchi qo'shimchalar, sonning ma'no turlarini hosil qiluvchi qo'shimchalar, zamon, shaxs-son, mayl qo'shimchalari, nisabat va xoslangan shakllarining qo'shimchalari va hokozolaaar..... SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR hisoblanadi. (Misollarini qavslar ichida keltirib o'tirmadim, chunki joy yetkazolmayman. Quyida haaar biriga alohida-alohida to'xtalib o'tamiz.)

Shakl yasovchi qo'shimchalar SINTAKTIK MUNOSABATNI YUZAGA KELTISH YOKI YUZAGA KELTIRA OLMASLIGIGA KO'RA quyidagi ikki turga bo'linadi:


1) Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar
2) Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar
ESLATMA: Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar "MUNOSABAT SHAKLLARI" deb ham yuritilaveradi.
MUNOSABAT SHAKLLARI HAQIDA MA'LUMOT
Asosga qo'shilib uni boshqa so'zlar bilan sintaktik munosabatga kirishtiruvchi shakl yasovchilarga MUNOSABAT SHAKLLARI (sintaktik shakl yasovchilar) deyiladi va ularga quyidagi 6 ta tur kiradi:
1) EGALIK qo'shimchalari: -m, -im, -ng, -ing, -i, -si, -miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -(lar)i.
2) KELISHIK qo'shimchalari: -ning, -ni, -ga, -da, -dan(she’riy shakllari haqida quyida ma’lumot beriladi)
3) BOG'LAMA lar: -man, -miz, -san, -siz, -dir, -dir(lar).
4) SHAXS-SON qo'shimchalari: -man, -miz, -san, -siz; -m, -k, -ng, -ngiz.
5) ZAMON qo'shimchalari: -di, -b, -ib, -gan (o'tgan zamon); -yap(-yapti), -moqda, -yotir, -ayotir, -yotib, -ayotib (hozirgi zamon); -y, -a, -ar, -r, -ur, -gay, -gusi, -ajak, -moqchi (kelasi zamon)
6) MAYL qo'shimchalari: -sa (shart mayli); -y, -ay, -ylik, -aylik, -gin, -qin, -kin, -ng, -ing, -ngiz, -ingiz, -sin, -sin(lar) (buyruq istak mayli qo`shimchalari).

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling