Normamatova dildora
OVOZ VA SHOVQINNING ISHTIROKIGA KO'RA
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHOVQINLI undoshlar
- "kapa, sochiq, shifo, xat"
- "hosil bolish orniga ko‘ra joylashuvi
- O, U, O
- I, E, A
OVOZ VA SHOVQINNING ISHTIROKIGA KO'RA
Undoshlar tasnifida har bir undosh ikki marta, ya'ni jarangli yoki jarangsiz ekanligi jihatdan hamda shovqinli va sonor(ovozdor) ekanligi jihatdan tahlil. Biz dastlab jarangli va jarangsiz ekanligini o'rganamiz: Jarangli undoshlar: B, M, V, D, Z, J, J, L, R, N, Y, G, NG, G' Jarangsiz undoshlar: P, F, T, S, CH, SH, K, Q, X, H. Endi ovozdor(sonor) yoki shovqinli ekanligi jihatdan o'rganamiz: SHOVQINLI undoshlar: B, P, V, F, D, T, Z, S, J, CH, J, SH, Y, G, K, G', X, Q, H SONOR(ovozdor)lar: M, N, L, R, NG. Anaaaa, undoshlar tasnifini yakunlandik, lekin sizlarga urf bo'lib qolgan bitta nuqsonni yo'qotishdek qiyin ishimiz qoldi, ya'ni ko'pchiligingiz yuqoridagi ma'lumotlarni QIYIIIIN deb o'ylab o'zingizga turli so'zlar yaratib olgansizlar, masalan: ayrimlar "kapa, sochiq, shifo, xat" kabi so‘zlarni yozib oladi va bu so‘zlarning unlilarini o'chirsaaam, JARANGSIZ UNDOSHLAR qoladi deb xursand bo'lishadi. Bu yuzaki yondashuv, chunki aksariyat testlarda e'tibor qaratilgan tovushlarning jarangli yoki jarangsizligi, portlovchi yoki sirg'aluvchi ekanligi va hokozolar baravar so'raladi va bunday hollarda yuqoridagi kabi so'zlar foydadan ko'ra ziyoningizga xizmat qiladi. YUQORIDA E'TIBOR BERDINGINZMI? UNDOSHLARNING HOSIL BO'LISH USULI HAMDA OVOZ VA SHOVQINNING ISHTIROKIGA KO'RA TASNIFLANISHIDA HAM UNDOSHLARNING "hosil bo'lish o'rniga ko‘ra joylashuvi"GA QAT'IY AMAL QILINDI, SIZ HAM SHUNGA ODATLANING. UNLILAR TASNIFI O'zbek tilida oltita unli tovushlar mavjud: A, O, E, O', I, U. Ular quyidagi uch yo'nalishda tasnif qilinadi: 1) Og'izning ochilishi va tilning ko'tarilishiga ko'ra unlilar tasnifi; 2) Lablarning harakatiga ko'ra unlilar tasnifi; 3) Tilning yotiq harakatiga ko'ra unlilar tasnifi. Og'izning ochilish va tilning ko'tarilish darajasiga ko'ra unlilar quyidagi uch turga bo'linadi: 1) YUQORI TOR UNLILAR (tor unlilar deb yuritilaveradi) I va U 2) O'RTA KENG UNLILAR(o'rta tor unlilar deb ham yuritilaveradi) E va O' 3) QUYI KENG UNLILAR(keng unlilar deb ham yuritlaveradi) A va O Lablarning harakatiga ko'ra unlilar quyidagi ikki guruhga ajraladi: 1) LABLANGAN UNLILAR 2) LABLANMAGAN UNLILAR Talaffuz jarayonida lablarning oldinga harakatlanishi kuzatiladigan O, U, O' kabi unlilarga LABLANGAN UNLILAR deyiladi. Talaffuz jarayonida lablarning orqaga torayishi kuztiladigan A, E, I kabilarga LABALNMAGAN UNLILAR deyiladi. Tilning yotiq harakatiga ko'ra unlilar quyidagi ikki turga bo'linadi: 1) OLD QATOR UNLILARI 2) ORQA QATOR UNLILARI Talaffuz jarayonida tilning oldinga harakatlanishi natijasida paydo bo'ladigan I, E, A kabilarga old qator unlilar deyiladi. Talaffuz jarayonida tilning orqa tanglay tomonga harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan U, O', O kabilarga orqa qator unlilari deyiladi. Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling