«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet455/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

497 
tuzilishiga bog‘liq holda sinfiy kuchlarning joylashishi masalalarini o‘rganuvchi 

geografik fandir‖.


Siyosiy geografiyaning tadqiqot obyekti – hududiy siyosiy tizimlar 
hisoblanadi. Uning predmeti esa muayyan mamlakat yoki butun jahon miqyosida
jamiyatning siyosiy-hududiy tashkil etilishini, o‘rganishdan iborat. Shuningdek, bu 
fan davlatlar va ularning chegaralari (limologiya), davlat tuzumi, mamuriy-
hududiy tuzilishi, mamlakat doirasida siyosiy partiya va kuchlarning joylanishi, 
hududiy tarkibini o‘rganadi. So‘nggi yillardagi jahon hamjamiyati va geosiyosiy
tizimidagi muhim o‘zgarishlar hamda davlatlararo tashkil etilgan harbiy-siyosiy 
uyushma yoki ittifoqlar siyosiy geografiya tadqiqot predmetini yanada
kengaytirmoqda.Siyosiy geografiyada siyosiy xarita va undan foydalanish asosiy 
jihatlardan hisoblanadi. Siyosiy xarita deb jahondagi yoki uning qaysidir qismidagi
davlatlarning ma‘lum bir tarixiy davrdagi holati aks etgan xaritaga aytiladi.
Siyosiy xaritaning ahamiyati shundan iboratki, u mamlakatlarning xalqaro
miqyosda tutgan o‘rni, ichki siyosiy - ma‘muriy tuzilmalarni o‘zida aks ettiradi. 
Aslida, har qanday mamlakat va xalqlarning butun hayoti ularning siyosiy
chegaralari, belgilangan o‘z hududlarida o‘tadi. Har bir mamlakatning ma‘lum bir 
chegara doirasida ega bo‘lganligi dunyoning siyosiy kartasini keltirib chiqaradi.
Shunday ekan, jahon siyosiy kartasining shakllanishi uzoq davom etadigan tarixiy 
jarayon bo‘lib, u kishilik jamiyati rivojlanish bosqichlarini o‘zida aks ettiradi. U
asrlar davomida o‘zgarib, davlatlarning paydo bo‘lishi yoki parchalanishi, 
chegaralarining o‘zgarishi, yangi yerlarning kashf qilinishi hamda mustamlakaga
aylantirilishi, metropoliya va mustamlakalarning paydo bo‘lishi, dunyoni bo‘lib 
olish va qayta taqsimlanishni o‘zidi aks ettiradi va ularga bog‘liq holda
shakllanadi. Jahon siyosiy xaritasida 227 ta davlat mavjud bo‘lib, ularning 149 tasi 
republika, 45 tasi monarxiya, 9 tasi mustamlaka, 3 tasi maqomi noma‘lum va 21
tasi boshqa shakldagi mamlakatlardir. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling