508
GLOSSARIY
Aholining takror barpo bo„lishi
– jamiyat davomiyligini ta‘minlovchi
asosiy jarayon bo‗lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir.
Aholining tabiiy o„sishi
– tug‗ilganlar sonining vafot etganlar sonidan
ortiqligi hisobiga ko‘payish.
Aholining yosh tarkibi
– aholining turli yosh guruhlari bo‗yicha
taqsimlanishi.
Aholi manzilgohlari
– ma‘lum bir o‗lcham va tipdagi xilma-xil shakllarga
ega aholi manzilgohlari tizimi hamda to‗ri.
Aholining joylanishi
– mamlakat hududlari va mintaqalari bo‗ylab aholining
tarixiy tarqalish jarayonlari.
Aholi salomatligi
– aholining asosiy xususiyati, uning har bir a‘zosining
moslashuv reaksiyalarini hamda butun jamoani aniq mintaqaning muayyan
sharoitlarida o‗zining ijtimoiy va biologik funksiyalarini mukammal ro‗yobga
chiqarish qobiliyatini aks ettiruvchi tabiiy holati.
Aglomeratsiya
[lot. ―agglomerare‖ – qo‘shish, yig‗ish] – ko‗plab shahar va
aholi yashash joylarining bir-biriga tutashib, bir butun shaharga aylanishi jarayoni.
Shahar aglomeratsiyasi – makoni va funksiyalari mushtarak, umumiy ijtimoiy-
iqtisodiy va ekologik tizimni tashkil qiluvchi shahar tipidagi turar joylar guruhidir.
Agrosanoat majmuasi
– qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni
saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog‗liq xo‗jalik
tarmoqlarining birligi.
Antropogen landshaft
– xususiyatlari inson faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan
landshaft. Maqsadli yoki avvaldan mo‗ljallanmagan o‗zgarishlariga ko‗ra, atayin
o‗zgartirilgan va bexosdan o‗zgargan landshaftlarga farqlanadi (ikkinchisi ba‘zan
―antropik landshaft‖ nomi bilan yuritiladi). Shuningdek, madaniy landshaftlar (o‗z
ehtiyojlarini qondirish uchun insonning xo‗jalik faoliyati tufayli ongli ravishda
o‗zgartirilgan va kerakli holatda saqlab turiladigan) va noratsional faoliyat yoki
qo‗shni landshaftlarning nomaqbul ta‘siri ostida paydo bo‗lgan nomadaniy
landshaftlar mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |