IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
504
joylashtirishni tartibga solib borish va boshqarish uchun zarur. Qolaversa, iqtisodiy
rayonlarsiz mamlakat xo‘jaligi ichki tuzilishi, hududiy tarkib va tizimini
geografiyasini o‘rganish ham qiyin
14
.
Iqtisodiy rayonning hududiy tizimga yaqinligini yana bir tomoni shundaki, u
ayni vaqtning o‘zida ham monogen, ham gomogen xususiyatga ega. Agar tizim-
tarkib uslubiyoti nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, iqtisodiy rayon tashqi
jihatdan, ya‘ni ―yopiq‖ tizim shaklida asosan bir xillik landshaftdir, ichki jihatdan
yoki ―ochiq‖ tizim shaklida esa u turli-tuman, ichki tafovutlarga boy hududiy
birlikni anglatadi.
Mohiyatan, iqtisodiy rayon mamlakat ma‘muriy-hududiy tarkibini tashkil etish va
boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. Ammo, bu yerda ma‘muriy-hududiy
masalalarning ayrim hollarda subyektivligi, yuqoridan tashkil qilinishi va iqtisodiy
rayonlashtirishning ―ichkaridan‖, obyektiv holda shakllanishi o‘rtasida
nomuvofiqliklar kelib chiqadi. Boz ustiga, ma‘muriy birliklar chegarasi va soni
tez-tez o‘zgarib turadi, iqtisodiy rayon esa ancha turg‘unlikka ega. Binobarin,
mamlakatni ma‘muriy rayonlashtirish bilan uni iqtisodiy rayonlashtirishni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish muhim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammodir. Shu jihatdan ham
qaraganda, iqtisodiy rayonlashtirish va iqtisodiy rayonlar o‘z ilmiy va amaliy
ahamiyatini saqlab qolaveradi.
Hozirda darslik va ilmiy adabiyotlarda O‘zbekistonda 6 ta: Toshkent,
Farg‘ona, Mirzacho‘l, Zarafshon, Janubiy, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonlari
ajratiladi.
E‘tirof etish joizki, bizning mamlakatimizda iqtisodiy rayonlar to‘ri va tizimi
(hozircha) rasman tan olinmagan, ular bo‘yicha hisob-kitoblar, statistik
ma‘lumotlar ham to‘planmaydi. Ammo qaysi bir tartibda yoki sanoqda ular bizda
ham mavjud, chunki iqtisodiy rayonlar shakllanishi bevosita hududiy mehnat
14
Солиев А. Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий географияси. –Т.; ―Университет‖, 2014. 98 – 99 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |