«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Insonni qamragan atrof-muhitning sifati


Download 1.44 Mb.
bet467/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

Insonni qamragan atrof-muhitning sifati
– inson va atrof-muhit o‗rtasidagi 
barqaror o‗zaro munosabatni, muhitning o‗ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi
ekologik va antropotsentrik tushuncha. Uning o‗lchamlari, odatda, sog‗lomligini 
ko‗rsatuvchi holat bo‗lib xizmat qiladi. U nisbiy tushuncha bo‗lib, aholining har xil
guruhlarida turlicha bo‗ladi, vaqt mobaynida organizmning adaptatsiyaviy 
o‗zgaruvchanligiga hamda unda salbiy oqibatlarning yig‗ilib borishiga qarab
o‗zgaradi.


Iqlim 
– ob-havoning ma‘lum joy uchun uning geografik o‗rni bilan 
belgilanadigan ko‗p yillik statistik rejimi.
Iqlimga moslashish
– organizmlarning (inson, hayvonot, o‗simliklar) 
o‗zgargan geografik (asosan, iqlimiy) sharoitlarda yashashga ko‗nikishi.

Kasbiy xastalik
– nomaqbul sharoitda mehnat qilish va kasbiy faoliyatning 
zararliligi oqibatidagina yoki, asosan, shular ta‘sirida paydo bo‗ladigan xastalik.





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

511 


Lalmi yerlar
– qishloq xo‗jalik ekinlari sun‘iy sug‗orishsiz, tabiiy yog‗in-
sochin orqali sug‗oriladigan yerlar. 


Landshaft
[nemischa ―landschaft‖ - manzara] – o‗zaro ta‘sir etuvchi tabiat 
yoki tabiiy va antropogen komponentlardan hamda pastroq taksonomik tabaqali
majmualardan tashkil topgan tabiiy hududiy majmua. 


Megalopolis 
[yun. ―mega‖ – katta, ―lo‖ – cho‘ziq, ―polis‖ - shahar] – shahar 
aglomeratsiyalarining o‗zaro qo‗shilib ketishidan hosil bo‗lgan shahar, aholi
manzilgohlari, urbanizatsiyalashgan zonalar. 


Mintaqalararo migratsiya
– kishilarning bir kontinentdan ikkinchi 
kontinentga uzoq muddatga yashash uchun borishi.

Pestitsidlar
[lot. ―pestis‖ – parazit va ―caedere‖ – o‗ldirmoq] – o‗simlik va 
hayvonlarning kasallik hamda zararkunandalariga, begona o‗tlar, don va don
mahsulotlari, yog‗och, paxta, jun, teri va h.k.larning zararkunandalariga, odam va 
hayvonlar orasida xavfli kasalliklar tarqatuvchilarga qarshi kurashishda
foydalaniladigan kimyoviy moddalar. 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling