Atrof-muhitga ta‟sir qiluvchi omil
– atrof-muhitning salbiy o‗zgarishi va
shunga o‗xshash oqibatlarga olib keluvchi har bir ta‘sir yoki uning tarkibiy qismi
(elementi).
Atrof tabiiy muhit
– insonga bevosita yoki bilvosita ta‘sir etuvchi tabiiy
abiotik va biotik omillar majmuasi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish
– tabiiy boyliklarni saqlash va ulardan
unumli, oqilona foydalanishga asoslangan jamiyat va tabiat o‗rtasidagi
munosabatlarning uyg‗unligini ta‘minlashga qaratilgan davlat va jamiyat
tomonidan olib boriladigan tadbirlar tizimi.
Go„daklar o„limi koeffitsiyenti
– bir yoshgacha bo‗lgan g o‗daklar
o‗limining ko‗rsatkichidir. Har 1000 nafar tirik tugilgan go‗daklar soniga to‗gri
kelgan bir yoshga yetmay nobud bo‗lgan go‗daklar soni.
Global ifloslanish
– ifloslanish manbaidan juda uzoq masofada, sayyoraning
deyarli barcha nuqtalarida ayon bo‗luvchi atrof tabiiy muhitning ifloslanishi.
Geografik determinizm
[lot. ―determinare‖ – aniqlash] – jamiyat rivojlanishi
qonuniyatlari va uning xo‗jalik faoliyatini tabiiy sharoit xususiyatlari hamda
joyning geografik o‗rni bilan asoslab beruvchi konsepsiya.
Geografik yondashuv
– tabiiy qonuniyatlarni bilish maqsadida hodisalarning
fazoviy munosabatlarini o‗rganuvchi ilmiy yo‗nalish.
Geografik omillar
– muayyan joy uchun xos bo‗lgan omillar. Atama qayerda
ro‗y berayotganligidan kelib chiqqan holda inson faoliyatining atrof-muhitga
ta‘sirini baholashda qo‗llaniladi.
Demografik siyosat
– hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun
aholining takror barpo bo‗lishi va dinamikasi sohasida muayyan bir sifat va
miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining
davlat miqyosida qabul qilingan tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |