«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet47/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

52 
A.Soliyev O‗zbekistonda birinchi bo‗lib geografiya fanining yangi 

yo‗nalishlariga asos solgan va yetakchilik qilgan. Masalan, mustaqillik yillarida


olim rahbarligida respublikamizda ―noan‘anaviy‖ deb ataluvchi ko‗pgina 
yo‗nalishlarda (tibbiyot, jinoyatchilik, fan va ta‘lim, turizm geografiyasi va b.)
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Shuningdek, 
A.Soliyevning rahbarligida sanoat, aholi, shaharlar va boshqa eng dolzarb
masalalarga tegishli dissertatsiyalar ham himoya qilingan. 
Professor A.Soliyev bir necha yillar davomida, ya‘ni 2003-2016-yillarda
O‗zbekiston Geografiya jamiyatining prezidenti sifatida ham samarali ishlar olib 
bordi. Olim tomonidan quyidagi o‗quv qo‗llanma, darslik va ilmiy monografiyalar
yaratilgan: ―Iqtisodiy geografiya asoslari‖ (1996); ―Iqtisodiy geografiyaning 
nazariy va amaliy masalalari‖ (1999); ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy
muammolari‖ (2002); ―Mintaqaviy iqtisodiyot‖ (2003), ―Iqtisodiy va siyosiy 
geografiya asoslari‖ (2003), ―Tibbiyot geografiyasi‖ (2005); ―Turizm
geografiyasi‖ (2005), ―Qishloq joylar demografiyasi‖ (2005), ―Qo‗shma 
korxonalar geografiyasi‖ (2006), ―O‗zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‖
(2014) va boshqalar. 
A.Soliyevning ilmiy maktabi respublikamiz oliy o‗quv yurtlari va
viloyatlarida tayanch, o‗ziga xos markazlarni shakllantirishga muvaffaq bo‗lgan. 
A.Soliyev 400 ga yaqin ilmiy ishlar, 30 dan ortiq monografiya, o‗quv qo‗llanma va
darsliklar, ilmiy maqolalar e‘lon qilgan, 40 ta fan nomzodi va 5 nafar fan 
doktorlarini tayyorlagan.
Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g„oyalari.
Ma‘lumki, xalqaro 
savdo nazariyasi asoslari XVIII asr oxirlari – XIX asr boshlarida mashhur
iqtisodchilar Adam Smit va David Rikardo tomonidan shakllantirilgan. 
Adam Smit o‗zining ―Xalqlar boyligi sabablari va ularning tabiati to‗g‗risida
tadqiqotlar‖ (1776-y.) kitobida mutlaq ustunlik nazariyasini shakllantirdi va 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling