IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
51
aholishunoslik va aholi geografiyasi, shaharshunoslik;
sanoat tarmoqlari geografiyasi, agrosanoat majmuasi, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalar
va
mintaqalarning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi
va
istiqbollarini tadqiq qilishdan iboratdir.
O‗zbekistonda iqtisodchi va iqtisodiy geograflar tayyorlashda 1950-yilda
tashkil etilgan O‗zbekiston FA ishlab chiqarish kuchlarini o‗rganish kengashi
(SOPC), keyinchalik O‗zbekiston Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga
qarashli Makroiqtisodiyot va ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda 1957-
yilda tashkil etilgan O‗zbekiston FA Geografiya bo‗limi, O‗zbekiston Milliy
universiteti ―Iqtisodiy geografiya‖ kafedrasi, 1972-yili tashkil etilgan Geografiya
fakulteti qoshidagi aholishunoslik muammolari laboratoriyasi xodimlarining
xizmatlari kattadir.
O‗zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fani rivojlanishida professor
Abdusami Soliyev
ning hissasini alohida ta‘kidlash joiz. A.Soliyev 1943-yili
Tojikiston Respublikasining Isfara tumanida tug‗ilgan, 1969-yilda O‗zMUning
Geografiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, shu yilning o‗zida
aspiranturaga o‗qishga kirgan. 1973-yili nomzodlik, 1986-yilda doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qilgan.
A.Soliyev o‗zining sermahsul ilmiy-ijodiy faoliyatida iqtisodiy-ijtimoiy
geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot fanlarining nazariy asoslari, iqtisodiy
rayonlashtirish va mintaqaviy siyosat, sanoat, tibbiyot geografiyasi, aholi
geografiyasi va demografiya, shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya, turizm va
jinoyatchilik geografiyasi muammolarini o‗rganib, geografiya fani taraqqiyotiga
ulkan hissa qo‗shdi. Atoqli olim respublikamizda mintaqaviy iqtisodiyot fanini
shakllantirishiga, an‘anaviy iqtisodiy geografiyaning, ayniqsa, ijtimoiy (sotsial)
blokini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |