IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
55
xarakterlanadi va Xeksher-Olin teoremasiga binoan, AQSh kapital talab tovarlarni
import emas, eksport qilishi kutilardi.
V.Leontyev kashfiyoti keyingi yillarda keng aks-sado berdi. Turli
mamlakatlar iqtisodchilari ―Leontyevning o‗ziga xos firklari‖ mavzusida bahs-
munozaralarga kirishdilar. Natijada, tenglashtiruvchi ustunlik nazariyasi yanada
rivojlandi. U texnika progressi va uning taqsimotda notekisligi, iqtisodiy
vositalarni fermenli emasligi, ish haqi masalasida va boshqalarda mamlakatlar
o‗rtasidagi farqlarni o‗z ichiga oladi.
G‗arb tadqiqotlarida xalqaro savdo muammolari, shuningdek, multiplikator
(ko‗paytiruvchi) tashqi savdo nazariyasi ham keng yoyildi. Bu nazariyaga muvofiq
tashqi savdo (ayniqsa, eksportda) milliy daromad o‗sish dinamikasi, bandlik hajmi,
iste‘mol va investitsion faollikka samarali ta‘sir qiladi.
Har bir mamlakatda multiplikator ma‘lum son bog‗liqligiga qarab, ma‘lum
koeffitsiyent turida aks etishi va hisoblab chiqilishi mumkin. Boshlang‗ich eksport
buyurtmasi mahsulot ishlab chiqarishni bevosita ko‗paytiradi, turgan gap,
buyurtmani bajaruvchi sohalarda ish haqi ham ko‗payadi. So‗ngra ikkilamchi
iste‘mol sarflari harakatga keladi.
Bevosita ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g‗oyalar, dastavval,
Germaniyada yaratilgan. Masalan, nemis mulkdori
Iogan Genrix Tyunen
XIX
asrning 20-30-yillarida o‗zining qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini joylashtirish
bo‗yicha ilmiy fikrlarini maxsus asarida bayon qildi (―Изолированное
государство‖ – Alohida davlat, 1826-y.). Tyunen g‗oyasining asosiy mohiyati
yagona shahar, ya‘ni iste‘mol markazi atrofida qishloq xo‗jalik mahsulotlarini
ma‘lum tartibda yetishtirishni hududiy tashkil qilishdan iborat. U bu g‗oyani
amalga tatbiq qilish uchun xo‗jalik bilan shahar yoki bozor (uning misolida bu
shahar – Meklenburgdagi Rostok) o‗rtasidagi masofa, qishloq xo‗jalik
Do'stlaringiz bilan baham: |