IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
511
Lalmi yerlar
– qishloq xo‗jalik ekinlari sun‘iy sug‗orishsiz, tabiiy yog‗in-
sochin orqali sug‗oriladigan yerlar.
Landshaft
[nemischa ―landschaft‖ - manzara] – o‗zaro ta‘sir etuvchi tabiat
yoki tabiiy va antropogen komponentlardan hamda
pastroq taksonomik tabaqali
majmualardan tashkil topgan tabiiy hududiy majmua.
Megalopolis
[yun. ―mega‖ – katta, ―lo‖ – cho‘ziq, ―polis‖ - shahar] – shahar
aglomeratsiyalarining o‗zaro qo‗shilib ketishidan hosil bo‗lgan shahar, aholi
manzilgohlari, urbanizatsiyalashgan zonalar.
Mintaqalararo migratsiya
– kishilarning bir kontinentdan ikkinchi
kontinentga uzoq muddatga yashash uchun borishi.
Pestitsidlar
[lot. ―pestis‖ – parazit va ―caedere‖ – o‗ldirmoq] – o‗simlik va
hayvonlarning kasallik
hamda zararkunandalariga, begona o‗tlar, don va don
mahsulotlari, yog‗och, paxta, jun, teri va h.k.larning zararkunandalariga, odam va
hayvonlar orasida xavfli kasalliklar tarqatuvchilarga
qarshi kurashishda
foydalaniladigan kimyoviy moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: