IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
509
Atmosferaning “o„choqli” ifloslanishi
– ―o‗choqli‖
ifloslanish iborasi
ifloslantiruvchi moddalarning yuqori, qisqa muddatli konsentratsiyasini
tavsiflash
uchun foydalaniladi. Ifloslantiruvchi manbalar yaqinida turgan odamlar ular
ta‘siriga duchor bo‗ladi. Avtotransport gavjum harakatlanadigan shahar ko‗chalari,
shuningdek, shaharlardagi atmosferaga ifloslantiruvchi
moddalarni chiqaradigan
sanoat korxonalari atmosfera ifloslanishi ―o‗chog‗i‖ hisoblanadi.
Atrof (insonni qamragan) muhit
– odamlarga va ularning xo‗jaligiga
birgalikda va bevosita ta‘sir etuvchi abiotik, biotik va ijtimoiy muhitlar majmuasi.
Atrof-muhit tushunchasi ―atrof tabiiy muhiti‖ tushunchasidan birmuncha kengroq,
chunki u o‗z ichiga ijtimoiy hamda texnogen muhitlarni (uylar, korxonalar, yo‗llar
va boshq.) ham qamrab olgan tushunchadir.
Atrof-muhit sharoitini yaxshilash (tiklash)
– atrof-muhitning yuqori
energetik darajaga o‗tishi yoki inson faoliyati
natijasida muhit sifatining
yaxshilanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: