IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
507
Demak, ixtisoslashish 1 dan kichik chiqqan bo‘lsa-da, aholining juda
ko‘pligi hisobga olinadi va tarmoqni ixtisoslashgan deyish mumkin, ammo bu
rivojlangan va, haqiqatda, ixtisoslashish darajasidagi hududlar uchun tegishli
bo‘lib, har qanday aholisi ko‘p rayonda ko‘rsatkich 1 dan kichik chiqib qolsa,
tarmoqni nisbiy ravishda ixtisoslashgan, deb olishga asos bo‘la olmaydi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
№
_
197.
Farg‘ona viloyatida mamlakat aholisining deyarli 11 foizi istiqomat
qiladi. Agar viloyatga mamlakatdagi yetishtiriladigan pillaning 20 foizi to‘g‘ri
kelsa, pillachilikka ixtisoslashuv darajasi qanday bo‘ladi?
№
_
198.
Janubiy Amerika materigining aholisi 2016-yil bo‘yicha, 419 mln
kishini tashkil etib, mazkur hududda jahon aholisining 5.66 foizi istiqomat
qilmoqda. Agar mintaqaning donchilikka ixtisoslashuvi deyarli 1.5 ni tashkil etsa,
jahon bo‘yicha yetishtirilayotgan don mahsulotlarida Janubiy Amerikaning
ulushini toping.
№
_
199.
Lotin Amerikasi mintaqasiga Amerika qit‘asidagi AQSh, Kanada
davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlar kiradi. 2017-yil
bo‘yicha aholisi 650 mln kishini tashkil qilib, mintaqaga jahon aholisining 8.5 foizi
to‘g‘ri keldi.
Agar Lotin Amerikasida jahon neftining 10 foizi qazib chiqarilsa,
mintaqaning neft yoqilg‘isiga ixtisoslashuv darajasini aniqlang.
№
_
200.
O‘zbekiston ma‘muriy birliklarini ixtisoslashgan tarmoqlari
bo‘yicha guruhlarga ajrating.
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |