«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet459/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

504 
joylashtirishni tartibga solib borish va boshqarish uchun zarur. Qolaversa, iqtisodiy 

rayonlarsiz mamlakat xo‘jaligi ichki tuzilishi, hududiy tarkib va tizimini


geografiyasini o‘rganish ham qiyin
14
.

Iqtisodiy rayonning hududiy tizimga yaqinligini yana bir tomoni shundaki, u


ayni vaqtning o‘zida ham monogen, ham gomogen xususiyatga ega. Agar tizim-
tarkib uslubiyoti nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, iqtisodiy rayon tashqi
jihatdan, ya‘ni ―yopiq‖ tizim shaklida asosan bir xillik landshaftdir, ichki jihatdan 
yoki ―ochiq‖ tizim shaklida esa u turli-tuman, ichki tafovutlarga boy hududiy
birlikni anglatadi.
Mohiyatan, iqtisodiy rayon mamlakat ma‘muriy-hududiy tarkibini tashkil etish va
boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. Ammo, bu yerda ma‘muriy-hududiy 
masalalarning ayrim hollarda subyektivligi, yuqoridan tashkil qilinishi va iqtisodiy
rayonlashtirishning ―ichkaridan‖, obyektiv holda shakllanishi o‘rtasida 
nomuvofiqliklar kelib chiqadi. Boz ustiga, ma‘muriy birliklar chegarasi va soni
tez-tez o‘zgarib turadi, iqtisodiy rayon esa ancha turg‘unlikka ega. Binobarin
mamlakatni ma‘muriy rayonlashtirish bilan uni iqtisodiy rayonlashtirishni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish muhim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammodir. Shu jihatdan ham 
qaraganda, iqtisodiy rayonlashtirish va iqtisodiy rayonlar o‘z ilmiy va amaliy
ahamiyatini saqlab qolaveradi.
Hozirda darslik va ilmiy adabiyotlarda O‘zbekistonda 6 ta: Toshkent

Farg‘ona, Mirzacho‘l, Zarafshon, Janubiy, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonlari


ajratiladi.
E‘tirof etish joizki, bizning mamlakatimizda iqtisodiy rayonlar to‘ri va tizimi
(hozircha) rasman tan olinmagan, ular bo‘yicha hisob-kitoblar, statistik 
ma‘lumotlar ham to‘planmaydi. Ammo qaysi bir tartibda yoki sanoqda ular bizda
ham mavjud, chunki iqtisodiy rayonlar shakllanishi bevosita hududiy mehnat 
14
Солиев А. Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий географияси. –Т.; ―Университет‖, 2014. 98 – 99 б. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling