Rekreatsiya
– insonning sog‗ligini tiklaydigan kompleks tadbirlar.
Suburbanizatsiya
– shahar atrofidagi aholi manzilgohlarining shahar
markazidan va uning atrofidan kelayotgan aholi hisobiga tezroq rivojlanishi,
shahar aglomeratsiyasining o‗z chegarasidan tashqariga chiqishi.
Sotsial geografiya
– ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish qonuniyatlarini
o‗rganuvchi ijtimoiy-geografik fan.
Sanoat chiqindilari
– ishlab chiqarish jarayoni natijasida olingan yoki
chiqarilgan keraksiz materiallar. Sanoat chiqindilari suyuq chiqindilar, balchiq,
qattiq va xavfli chiqindilar singari toifalarga ajratiladi.
Suv iste‟moli
– suvdan aholi, sanoat va qishloq xo‗jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanish. Qaytariladigan (olingan suvning yana suv manbasiga qaytishi) va
qaytarilmaydigan (bug‗lanish, filtratsiya va h.k. sarflanadigan) guruhlarga
ajratiladi.
Tabiiy ofat
– vayronagarchilikka olib keluvchi, odatda to‗xtatib
bo‗lmaydigan tabiiy hodisa: zilzila, suv toshqini, sel, tayfun, vulqon otilib chiqishi,
qurg‗oqchilik, cho‗llashish, zararkunandalarning ommaviy ravishda ko‗payishi,
changlatuvchi hashorotlarning hosilga xatari va h.k.
Tabiiy resurs
(suv, havo, tuproq va h.k.) sifati
– uning tavsiflarining inson
ehtiyojlari yoki texnologik talablariga (resursning tozaligi, unda foydali
komponentlarning mavjudligi) mos kelishi darajasi.
Unduruvchi sanoat
– yer osti boyliklarini qazib oluvchi va boyituvchi
tarmoqlar majmuasi.
Urbanizatsiya
[lot. ―urbus‖ – shahar, ―sation‖ - jarayon] – shaharlarning
o‗sishi va rivojlanishi, shahar aholisi mavqeining mamlakat, hudud, jahon
miqyosida o‗sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |