3. Qaysi xususiyat notiqlik mahoratining belgisi liisoblanadi?
4. So'z (nutq)da mazmunni to 'g 'ri ifoda qilishga intilish deganda
nima tushuniladi?
5. Nutq odobi qanday talablari nimalardan iborat ekan?
6. Asarda “xos so'z” va “omiy so'z” birliklari qanday m a’noda
qo'llangan?
7. Kaykovus hazil va mazax so'zlardan foydalanish haqida qandy
fikr bildiradi?
Mahmud az-Zamaxshariyning nutq madaniyati
haqidagi qarashlari
Jahon fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan ulug' alloma
Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy boy ilmiy meros qoldirgan.
Tilshunoslik, lug'atshunoslik, adabiyot,
geografiya, axloqshunoslik,
falsafa, hadis, fiqh va qiroat ilmiga oid asarlarining aksariyati bizgacha
yetib kelgan.1
Olimning “Navobig' ul-kalim” yoki “Al-kalim an-navobig'” deb
ataluvchi asari ham muhim ahamiyatga ega.
Allomaning Makkada
yashagan paytida yozilgan bu asar hikmatlar, nasihatlar majmuasi bo'lib,
turli masalalami o'z ichiga oladi.
Asar o'zbek tiliga Ubaydulla Uvatov tomonidan tarjima qilingan va
1992-yili “Nozik iboralar” nomi bilan nashr etilgan.
Zamaxshariy-ning
turli masalariga oid qarashlari, shu jumladan, so'zning
xosiyati va
nutqning mohiyati haqidagi qimmatli fikrlari ham asarda o'z aksini topgan.
Olim o'z tiliga egalik qilolmaydigan kishining imoni zaifligini
ta ’kidlaydi:
“Agar tilingning ortiqcha so'zlashiga ega bo'la olmasang,
unda tizginingjilovini shaytonga topshirgan bo'lasan”}
Zamaxshariy tilni tiya olmaslik natijasida yuzaga keladigan
holatlar,
noxush vaziyatlar haqida:
“Ко 'pincha til bilan yetkazilgan jarohat qiliq
bilan yetkazilgan jarohatdan og'irroqdir", - deydi. (58-bet) Bu mulohaza
xalqimizning
“Tig'yarasi bitar, tilyarasi bitmas ” maqolini yodga soladi.
Боюрова И. Махмуд аз-Замахшарнйнинг суч к^ллаш ва
нутк маданияти хакидаги
Карашлари // Лингвист V (илмий мацолалар тел ам и ), - Тошкент: Akademnashr, 2013. - В.23.
Do'stlaringiz bilan baham: