Nosirjon Uluqov
Download 493 Kb.
|
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)
20-mashq. Quyidagi matnlarni fonetik birliklarga ajrating.
Qalbim, jismim, ruhim o‘zbek, Fikri-zikrim, tug‘im o‘zbek. Bag‘rim ochiq, tilim shirin, Ko‘rsa meni kim o‘zidek! (Shuhrat) Beruniy kitobin varaqlab Kolumb Okeyan ortiga yo‘l olgan deysan. Bas, unda nimaga Beruniy qolib, Kolumbning sha’niga qo‘shiq to‘qiysan?! (Shuhrat) 21-mashq. Quyidagi matnlarni takt va frazalarga ajrating. Vatan nadir, tuqqan yerim, turg‘on yerim, O‘sib-unib, o‘ynab-kulib yurg‘on yerim, Vatan menga haqiqatda qo‘ndoq kabi, Tarbiyaning negizini ko‘rg‘on yerim. Sidqiy Xondoyliqiy Dunyoda yaxshilik va yomonlikdan ko‘ra uzoqroq yashaydigan narsa yo‘q. Inson yaxshilikning qulidir. Yaxshiligi ko‘p odamning do‘stlari ko‘p bo‘ladi. Odamlarni davlating yetarli va ishing yurishib turganda emas, balki kambag‘allik va nochorlik paytingda sina, shunda ularning yaxshi yoki yomon ekanini bilasan. (“Otalar so‘zi”) 22-mashq. Quyidagi matnlardagi so‘z urg‘usi olmaydigan vositalarni aniqlang va sababini izohlang. Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan holi hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq bor-u, na gina. U shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga mallollik etmaydi. U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do‘st barcha ilm-u hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: “Kitob aql qal’asidir”, deganlar. Muhammad Jabalrudiy Download 493 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling