Nosirjon Uluqov


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 493 Kb.
bet15/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. So‘z tarkibi deganda nimani tushunasiz?

  2. Morfema, morf nima?

  3. Morfemalar qaysi xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilinadi?

  4. Morfemaning qanday turlari bor?

  5. Asos (yetakchi) morfema deb nimaga aytiladi?

  6. Affik (affiksal morfema) nima?

  7. Yetakchi va affiksal morfemalarni farqlang.

  8. Turkiy, xususan, o‘zbek tilida asos morfema qanday xususiyatlarga ega?

  9. Affikslar qaysi xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilinadi?

  10. Asosga qo‘shilish o‘rniga ko‘ra affikslar tasnifi.

  11. Vazifasiga ko‘ra affikslar tasnifi.

  12. Tuzilishiga ko‘ra affikslar tasnifi.

  13. Affikslar qo‘llanish darajasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  14. Morfemika qanday soha?

  1. So‘z tarkibida qanday morfemik o‘zgarishlar bo‘ladi?

  2. So‘z tarkibidagi morfemik o‘zgarishlarning yuzaga kelish omillari nimalardan iborat?

  3. So‘z tarkibining soddalashuvi nima?

  4. So‘z tarkibining murakkablashuvi nima?

  1. So‘z tarkibining qayta bo‘linishi (tuzilishi) nima?

29-mashq. Matndagi so‘zlarni morfemalarga ajrating.
Izzat-nafs
Izzat-nafs – kishining o‘z qadr-qimmati, fazilatlarini qadrlash hissi, mavqyei, obro‘-e’tiborini saqlash tuyg‘usi. Izzat-nafs yosh-u qariga xos bo‘lib, kishining ma’naviy kamoloti va ruhiy-irodaviy holatini qadrlash darajasidan kelib chiqadi. Shuningdek, kishining jamiyatdagi darajasini belgilovchi omil sifatida ijtimoiy mazmun kasb etadi.Yunon faylasufi Aristotel “Izzat tilasang iffatli bo‘l…”, deb bejiz aytmagan. Uning ta’limoti bo‘yicha iffatlilik kishida izzatlilik darajasini ta’minlash uchun muhimdir. Iffatli kishi axloqan mukammal jihatlarni o‘zida mujassamlashtirib, shaxsiy manfaatini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘ymaydi. Shu bois u el orasida izzat topib, ehtiromda boladi. Odamlar o‘zaro muloqot, muomala va munosabatlarida bir-birlarining izzat-nafslarini qattiq hurmat qilishlari kerak. Muomala-munosabatning dag‘alligi, haqorat-omuz gaplarni gapirish kishining izzat-nafsiga tegadi. Bunday hollar ko‘pincha odamlar orasida turli kelishmovchilik va janjallarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Tarbiya topgan va madaniyatli kishilar hamma vaqt o‘zgalarni “siz” bilan atab, “kechirasiz”, “ma’zur tutasiz”, “malol kelmasa”, “uzr”, “marhamat” kabi so‘zlar bilan xushxulq muomalada bo‘ladi. Bu esa kishining izzat-nafsiga tegmay, aksincha o‘rtadagi munosabatni uyg‘unlashtiradi.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling