Nosirjon Uluqov


Tilning grammatik sathi. Grаmmаtik mа’nо vа


Download 493 Kb.
bet18/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

Tilning grammatik sathi. Grаmmаtik mа’nо vа
grаmmаtik shаkl
(12-,13-amaliy mashg‘ulotlar)
Reja

  1. Tilning grammatik sathi.

  2. Grаmmаtik mа’nо tushunchаsi.

  3. Grаmmаtik mа’nо turlаri.

  4. Grаmmаtik shаkl хususidа.

  5. Grаmmаtik mа’nоni ifоdа etuvchi vоsitаlаr.

  6. Grаmmаtik kаtеgоriyalаr.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. Grammatik ma’no deganda nimani tushunasiz?

  2. Lug‘aviy va grammatik ma’nolar qanday farqlanadi?

  3. Grammatik shakl nima?

  4. Grammatik ma’no qanday vositalar bilan ifodalanadi?

  5. Grammatik ma’no qanday usullar bilan ifodalanadi?

  6. Fuziya nima?

  7. Agglyutinasiya nima?

  8. O‘zbek tilida grammatik ma’no qanday ifodalanadi?

  9. Urg‘u vositasida grammatik ma’no ifodalanishini tushuntiring.

  10. Ohang vositasida grammatik ma’no ifodalanishini tushuntiring.

  11. Takror usuli bilan grammatik ma’no ifodalanishini izohlang.

  12. Analitik va sintetik til tushunchalarini izohlang.

  13. Grаmmаtik kаtеgоriya nima?

  14. Grаmmаtik kаtеgоriyalаr qanday turlarga bo‘linadi?

  15. O‘zbek tyilida qanday grammatik kаtеgоriyalаr bor?

42-mashq. Ilm haqidagi hikmatli so‘zlarning mazmunan tahlil qiling. Ularda qo‘llangan so‘zlarning grammatik ma’nolarini va ularning ifodalanish usul hamda vositalarini aniqlang.
Bilak qila olmagan ishlarni – ilm qiladi.
Diqqat – ilmning makoni.
Donolik – ilm va tajribadir.
Ilm – aql chirog‘i.
Ilmdan jaholat qo‘rqadi.
Ilmli kishi ish boshqarsa, ishning yarmini ilmi qiladi.
Ilm noma’lumlardan ma’lumlarini topgan.
Ilm oyga narvon qo‘ydi.
Ilm olish og‘ir, olgandan so‘ng esa, og‘irlarni yengillatadi.
Ilm – xarsang toshni ham tilga kirita oladi.
Ilm – hammaga barobar beriladi, lekin uni har kim o‘z hovuchiga yarasha olarkan.
Ilmni qanchalik ko‘p olgan sari, u ozdek bo‘lib tuyulaveradi.
Ilm qulfining kaliti – quntdir.
Sadafga o‘ralganlar dur bo‘lganidek, ilmga o‘ralganlar nur bo‘ladi.
Qiziqish – ilmning eshigidir.
Hayot qorong‘uligini ilm yoritadi. 2

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling