Nosirjon Uluqov


-mashq. Quyidagi she’riy matn asosida o‘zbek tilining agglyutinativlik tabiatini izohlang. Mahmudjon Ma’murov


Download 493 Kb.
bet19/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

43-mashq. Quyidagi she’riy matn asosida o‘zbek tilining agglyutinativlik tabiatini izohlang.
Mahmudjon Ma’murov
Jaloliddin Manguberdi monologi
(parcha)
Ortda olov sochar o‘qlar paydarpay,
Qarshimda o‘shqirar Sind daryo tinmay.
Asir tushib, nechun nomusim toptay?!
Daryoga sakragin, qora to‘rig‘im!


Ot chopib shamoldan tezroq uchdim men,
Nayza, qilich sutin emib o‘sdim men,
Ko‘krak bilan dushman yo‘lin to‘sdim men,
Daryoga sakragin, qora to‘rig‘im!


Daryoning qirg‘og‘i – Vatan qirg‘og‘i,
Vido aylab yig‘lar onam tuprog‘i.
Qalbimda yonmoqda qasos chirog‘i,
Daryoga sakragin, qora to‘rig‘im!
Farzandim yuragin so‘yib oldi yov,
Onam, yorim yutdi daryoyi asov.
Faqat sen qahrimga bera olding dov,
Daryoga sakragin, qora to‘rig‘im!


Nomardlar sotsalar qadrdon yurtin
Janglarda yechsalar po‘lat sovutin,
Ko‘kka sog‘ib tashlar onalar sutin,
Daryoga sakragin, qora to‘rig‘im!
(“Mehr tomchilari” she’riy to‘plamidan olindi)
44-mashq. She’rni o‘qing va sintaktik birliklarga ajrating.
Oydin Hojiyeva
Ostonangni o‘pib o‘t


Vatan nadir – bir burda
Totingan halol noning.
Asli – azal taqdirda
Panoh bo‘lgan osmoning.


Vatan nima – poyingni
O‘pgan maysa – gilamlar.
Kunlaringni, oyingni
Bog‘ aylagan ko‘klamlar.
Vatan asli sen bilan
Bir tug‘ushgan ostonang.
Ilk bor eshitgan allang,
So‘ng bor kuzatgan onang.


Har kuni shu ostonaga
Bir egilib, o‘pib o‘t.
Mehringni, ixlosingni
Isiriqday sepib o‘t.


Tog‘lar qovurg‘asida
Tunagan bahor – Vatan.
Zirva dubulg‘asida
Qanot yoygan sor – Vatan!


Yurakning dov quvvati,
Ko‘ngilning ko‘zi – Vatan.
El-u yurtning kelbati,
So‘zlarning tuzi– Vatan.


Vatan – pokiza noming,
Martabang, shon – dovrug‘ing.
Vatan – nomus, imoning,
Vatan asli bor-yo‘g‘ing.


Til ostida gavhartosh
Asrab yurganing – Vatan!
Yo‘qotsang hech topilmas
Asli ma’daning – Vatan!..



Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling